Zargartogʻ

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Zargartogʻ (Hayotboshi togʻi) — Shimoliy Nurota tizmasidagi togʻ. Samarqand va Jizzax viloyatlari chegarasida joylashgan. Uzunligi 15 km. Markaziy qismining bal. 2000 m dan ziyod. Eng baland joyi — 2169 m. 3.— Nurota tizmasining eng baland qismi. Yalangʻoch qoyalardan iborat togʻ massivi karbonning granit va granodioritlaridan tuzilgan. Eroziya shakllari keng rivojlangan, soylar chuqur (400-700 m) daralar qosil qilgan. Z.da gumusga boy jigarrang tuproqlar tarqalgan, ularda boshokli oʻtlar, togʻ kserofitlari va barg toʻquvchi butalar oʻsadi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil