Zaltikat
Zaltikat — Toshkent viloyatining Zangiota qishlogʻi oʻrnida boʻlgan qad. shahar harobasi (6—15-asrlar). 3. Binkatdan Samarqandga boradigan savdo yoʻlidagi dastlabki yirik markaz boʻlgan (Istaxriy). 3. katta tepa (220×400 m²) va uning jan.sharqida joylashgan ikki kichik tepadan tashkil topgan. Katta tepaning shim.sharqiy burchagida ark (200 m²) joylashgan. Uning qalin devori (1,5 m) xom gʻishtdan (40×40×10×14 kub sm) ishlangan boʻlib, 5 m gacha balandlikda sakdangan. Turar joy qoldiqlari, sopol idishlari, taqinchoqlar topilgan.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |