Kontent qismiga oʻtish

Zahona

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Zahona — Koʻhitang tizmasidagi dovon, Surxondaryo viloyatining janubi-gʻarbida, Sherobod tumani hududida, Oʻzbekiston Respublikasi va Turkmaniston chegarasida joylashgan. Eng baland joyi 3016 m. Zahonaga may-noyabr oylarida Kampirtepasoy vodiysi boʻylab oʻtgan soʻqmoq yoʻl orqali piyoda yoki otda borish mumkin. Zahonaga boradigan soʻqmoq yoʻli atroflari archazor oʻrmonlar bilan qoplangan. Qishda dovon qalin qor bilan qoplanib yotadi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil