Kontent qismiga oʻtish

Yvonne Choquet-Bruhat

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yvonne choquet-Bruhat
Tavalludi 1923-yil 29-dekabr
Fransiya, Lill
Fuqaroligi fransuz
Kasbi matematik, oʻqituvchi
Akademik rahbarlari Andre Lichnerovich

Yvonne Choquet-Bruhat (1923-yil 29-dekabr Fransiya Lill shahrida dunyoga kelgan) – fransuz matematigi va fizigi. U Einsteinning umumiy nisbiylik nazariyasini oʻrganishga muhim hissa qoʻshgan va Einstein tenglamalari yaxshi qoʻyilgan boshlangʻich qiymat muammosi sifatida taqdim etilishi mumkinligini koʻrsatgan. 2015-yilda uning ilg‘or maqolasi Classical and Quantum Gravity jurnali tomonidan umumiy nisbiylik nazariyasini o‘rganish bo‘yicha yuz yillik tadqiqotning o‘n uchta “muhim bosqichi” natijalaridan biri sifatida nomlangan.

Yvonne Fransiya Fanlar akademiyasiga saylangan birinchi ayol boʻlib, Faxriy legion ordeni bilan mukofotlangan.

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yvonne Choquet-Bruhat 1923-yil 29-dekabr kuni Fransiyaning Lill shahrida dunyoga kelgan[1]. Uning onasi falsafa professori Berthe Hyubert, otasi esa fizik Jorj Bruhat, 1945-yilda Oranienburg-Saksenxauzen kontslagerida vafot etgan. Uning akasi Fransua Bruhat matematik boʻlib, algebraik guruhlarni oʻrganishga katta hissa qoʻshgan.

Bruhat oʻrta maʼlumotni Parijda olgan. 1941-yilda nufuzli milliy tanlovda qatnashib, fizika boʻyicha kumush medalni qoʻlga kiritgan. 1943-yildan 1946-yilgacha Parijdagi Oliy maktabda tahsil olgan va 1946-yildan oʻsha yerda oʻqituvchi yordamchisi boʻlib ishlay boshlagan va Andre Lichnerovich rahbarligida ilmiy tadqiqotlar olib borgan. 1949–1951-yillarda Fransiya Milliy ilmiy tadqiqot markazida ilmiy xodim boʻlgan va doktorlik darajasini olgan.

1951-yilda Prinston, Nyu-Jersi (AQSh)dagi Ilgʻor tadqiqotlar institutida postdoktorlik ilmiy xodimi boʻlgan. Uning rahbari Jean Leray Yvonnega Einsteinning maydon tenglamalari dinamikasini oʻrganishni taklif qilgan. Jean, shuningdek, Yvonneni Albert Einstein bilan tanishtirgan, ular institutdagi faoliyati davomida yana bir necha bor tadqiqotlari boʻyicha maslahatlashgan.

1952-yilda Bruhat va uning turmush oʻrtogʻiga Marselda ishlash taklif qilingan, bu esa uning institutni erta tark etishiga turtki boʻlgan. Matematik oʻsha yili Einsteinning vakuum tenglamalari yechimlarining mahalliy mavjudligi va oʻziga xosligi haqidagi maʼlumotlarni nashr etgan, bu uning eng mashhur yutugʻiga aylangan. Bruhatning ishi Einstein tenglamalarining toʻgʻriligini isbotlagan va umumiy nisbiylik nazariyasida dinamikani oʻrganishni boshlagan. [[Fayl:Yvonne_Choquet-Bruhat.jpeg|thumb| Choquet-Bruhat Kaliforniya universitetida, Berkli, 1974-yil. Bruhat 1947-yilda hamkasbi matematik Léonce Furetga turmushga chiqqan. Ularning qizi Mishel hozir (2016-yil holatiga koʻra) ekolog. 1960-yilda Bruhat va Furet ajrashishgan va u keyinchalik matematik Gustav Choquetga turmushga chiqqan va familiyasini Choquet-Bruhatga oʻzgartirgan. Ularrning ikki farzandi boʻlgan: uning oʻgʻli Daniel Choquet, qizi Jenevyeva – shifokor.

Karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yvonne Bruhat 1958-yilda Milliy ilmiy tadqiqot markazining kumush medali bilan taqdirlangan. 1958–1959-yillarda Reyms universitetida dars bergan. 1960-yilda Parijdagi Per va Mari Kyuri universitetida (UPMC) professor lavozimida faoliyat olib borgan va 1992-yilda nafaqaga chiqqunga qadar universitetning faxriy professori boʻlgan

Per va Mari Kyuri universitetida matematik fizikaga, umumiy nisbiylik, oʻta tortishish va standart modelning abellik boʻlmagan oʻlchov nazariyalariga katta hissa qoʻshishda davom etgan. Uning 1981-yilda Dimitrios Kristodulo bilan ishi Yang-Mills, Xiggs va spinor maydon tenglamalari uchun 3+1 oʻlchamdagi global yechimlar mavjudligini koʻrsatgan. Bundan tashqari, 1984-yilda oʻta tortishishning birinchi matematik tadqiqotini oʻtkazgan, uning natijalari D=11 oʻlchamdagi hozirgi muhim modelga kengaytirilishi mumkin[2].

Yvonne Choquet-Bruhat 1978-yilda Fanlar akademiyasining muxbirligiga saylangan va 1979-yil 14-mayda haqiqiy aʼzo sifatida saylangan birinchi ayol boʻlgan. 1980-yildan 1983-yilgacha umumiy nisbiylik va tortishish boʻyicha xalqaro qoʻmita prezidenti lavozimida faoliyat yuritgan. 1985-yilda Amerika sanʼat va fanlar akademiyasiga saylangan. 1986-yil Matematika boʻyicha ayollar uyushmasi Choquet-Bruhatni nufuzli Noeter maʼruzasini oʻqish uchun tanlagan.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Fransiya Milliy ilmiy tadqiqot markazining kumush medali, 1958-yil.
  • Fanlar akademiyasining Genri de Parvil mukofoti, 1963-yil.
  • Umumiy nisbiylik va tortishish boʻyicha xalqaro qoʻmita aʼzosi (1965-yildan) (1980–1983-yillarda prezident)[3]
  • Fanlar akademiyasining aʼzosi, Parij (1979-yilda saylangan)
  • 1985-yilda Amerika sanʼat va fanlar akademiyasiga saylangan.
  • Noeter maʼruzasi, Matematik ayollar uyushmasi, 1986-yil.
  • Faxriy legion ritsarlari, 1997-yil.
  • Matematik fizika boʻyicha Denni Heynman mukofoti, 2003-yil.
  • 2008-yilda Faxriy legionning „Buyuk ofitser“ va „Grand Krua“ unvonlari sovrindori boʻlgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. (fransuzcha)Notice biographique sur le site de l'Institut des hautes études scientifiques
  2. Causalite des Theories de Supergravite," Societe Mathematique de France, Asterisque 79-93
  3. Presentation on the site for the Association for Women in Mathematics