Polvonniyoz hoji Yusupov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Yusupov Polvonniyoz hojidan yoʻnaltirildi)

Yusupov Polvonniyoz Hoji, Polyoz Hoji (1861 Xiva 1936.14.5) - Xorazmda jadidchilik harakatining yirik namoyandasi, Yosh xivaliklar partiyasining asoschisi, davlat arbobi. Xiva xonligi hududidagi jadidchilik harakatida faol qatnashgan.

Asfandiyorxonning jadidlarga qarshi siyosati natijasida Yusupov 1917-yil oxiridan boshlab 2 yil davomida Toshkentda yashagan. Bolsheviklar taʼsiridagi Yosh xivaliklar inqilobiy qoʻmitasi raisi (1918-yil boshidan). Turkiston ASSR Milliy ishlar xalq komissarligida Turkman shoʻbasi boshligʻi (1919). Xiva xonligi agʻdarilgach (1920-yil 1-fevral), yangi tashkil qilingan Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Nozirlar Shoʻrosining birinchi raisi (1920-yil 27-aprel — 1921-yil 6-mart).

Yusupov XXSR hukumati raisi sifatida mustaqil siyosat yuritish va Xorazm Respublikasida demokratik islohotlarni qaror toptirish uchun intilgan. Biroq Turkiston komissiyasi (Turkkomissiya) va Turkiston fronti qoʻmondonligi Yusupovning bu siyosatiga qarshi chiqib, Xivada yangi hukumat toʻntarishini amalga oshirishgan. Yusupov faol siyosiy kurashdan voz kechganligi uchun keyinchalik bolsheviklar tomonidan afv qilingan va XXSRda turli lavozimlarda xizmat qilgan.

Yoshligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Polvonniyoz Hoji Yusupov Xiva shahrida savdogar oilasida tugʻilgan. Eski maktabda tahsil olgach, savdo ishlari bilan shugʻullangan. U arab, fors, rus tillarini yaxshi bilgan. 1904-yili Turkiya, Misr, Suriya mamlakatlarida va Makka shahrida boʻlgan.

Siyosiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Polvonniyoz Hoji Yusupov 1914-yili jadidlarning „soʻl oqimi“dan ajralib chiqqan yosh xivaliklar partiyasini boshqaradi. U 1917-yil 5-aprelda Xiva xoni Asfandiyorxonga taqdim etilgan davlat boshqaruvida islohotlar oʻtkazish toʻgʻrisidagi manifest mualliflaridan biri boʻlgan. Manifestga binoan 1917-yil 8-aprelda Xiva xoni huzurida mamlakatni yangicha boshqarish uchun Majlis tuziladi. Polvonniyoz Yusupovga Rossiya hukumati va rus qoʻshinlari bilan munosabatlarni barqarorlashtirish vazifasi yuklatiladi. Biroq Asfandiyorxonning jadidlarga qarshi siyosati natijasida Yusupov 1917-yil oxiridan boshlab 2 yil davomida Toshkentda muhojirlikda yashaydi. Turkkomissiya muhojirlikdagi yosh xivaliklar partiyasidan Xiva xonligini agʻdarib Xorazmda sovetlar andozasidagi yangi hukumat tashkil qilishni rejalashtiradi. 1918-yil boshida Toshkentda muhojir yosh xivaliklardan tashkil qilingan Qoʻmita bolsheviklar taʼsirida edi.Parmonov Aslbek-BuxDU talabasi

Shu tariqa Polvonniyoz Yusupov quyidagi lavozimlarda faoliyat koʻrsatgan:

  • Bolsheviklar taʼsiridagi Yosh xivaliklar inqilobiy qoʻmitasi raisi (1918-yil boshidan).
  • Turkiston ASSR Milliy ishlar xalq komissarligidagi Turkman shoʻbasi boshligʻi (1919).
  • Xiva xonligi agʻdarilgach (1920-yil 1-fevral), yangi tashkil qilingan Xorazm Xalq Sovet Respublikasi Nozirlar Shoʻrosining birinchi raisi (1920-yil 27-aprel — 1921-yil 6-mart).

Yusupov XXSR hukumati raisi sifatida mustaqil siyosat yuritish va Xorazm Respublikasida demokratik islohotlarni qaror toptirish uchun intilgan. Biroq Turkiston komissiyasi (Turkkomissiya) va Turkiston fronti qoʻmondonligi Polvonniyoz Hoji Yusupovning bu siyosatiga qarshi chiqib, Xivada yangi hukumat toʻntarishini amalga oshirishgan. Yusupov faol siyosiy kurashdan voz kechganligi uchun keyinchalik bolsheviklar tomonidan avf qilingan va XXSRda turli lavozimlarda xizmat qilgan.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ilk oʻzbek fotografi. Naim Karimov

Adabiyot[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Matkarimov M., Xorazm Respublikasi: davlat tuzilishi, nozirlari va iqtisodi, Urganch, 1993.