Yuriy Selix
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Yuriy Nikolayevich Selix | ||
Tavallud sanasi | 18-aprel 1979-yil | ||
Tavallud joyi | Lugansk viloyati, Ukraina | ||
Boʻyi | 1.83 m (6 ft 0 in) | ||
Ampluasi | Hujumchi | ||
Vazni | 70 kg | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1996—1999 | Zorya Lugansk | 86 | (18) |
1999—2005 | Dinamo Kiyev | 1 | (0) |
1999—2000 | → Dinamo-2 Kiyev | 25 | (3) |
1999—2000 | → Dinamo-3 Kiyev | 13 | (0) |
2000 | → Vorskla Poltava | 3 | (0) |
2000 | → Vorskla-2 Poltava | 7 | (0) |
2001 | → Dinamo-3 Kiyev | 2 | (1) |
2001—2002 | → Zakarpattiya Ujgorod | 11 | (0) |
2002 | → Zakarpattiya-2 Ujgorod | 2 | (0) |
2002 | → CSKA Kiyev | 13 | (7) |
2003 | → Obolon Kiyev | 4 | (0) |
2003 | → Obolon-2 Kiyev | 4 | (1) |
2003 | → Metallurg Zaporizhya | 14 | (4) |
2004 | → Vorskla Poltava | 13 | (4) |
2004 | → Zakarpattiya Ujgorod | 11 | (6) |
2005 | → Vorskla Poltava | 4 | (1) |
2005 | → Metalist Xarkov | 9 | (0) |
2005—2007 | Xarkov | 31 | (5) |
2007 | → Zakarpattiya Uzhhorod | 14 | (4) |
2007—2008 | Zorya Lugansk | 17 | (1) |
2008—2009 | Vitebsk | 24 | (3) |
2009 | Oleksandriya | 11 | (2) |
2010 | Navbahor Namangan | 10 | (6) |
2010—2011 | Goverla Ujgorod | 23 | (2) |
2011 | Andijon | 9 | (2) |
2012 | Mykolaiv | 6 | (0) |
2012 | Bukovina Chernivtsi | 6 | (0) |
2013 | Shaxtyor Sverdlovsk | 5 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
Ukraina U21 | 3 | (0) | |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Yuriy Nikolayevich Selix (1979-yil 18-aprel, Lugansk, Metallist) – ukrainalik futbolchi, hujumchi.
Sport karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yuriy Selix dastlabki taʼlimini Lugansk maktab-internatida olgan. Oʻqishning soʻnggi yilida Selix toʻrt nafar bitiruvchi bilan Severodonetskning Alushta shahridagi „Ximik“ klubiga taklif qilingan[1], ammo futbolchi va klub oʻrtasida shartnoma imzolanmagan.
Selixning birinchi jamoasi „Zarya“ klubi boʻlgan. Futbolchi bu jamoadagi debyut oʻyinini 17 yoshida Jitomirning „Polesya“ klubiga qarshi safar oʻyinida zaxirada oʻtkazgan. Oʻsha oʻyinda Selixning jamoasi raqib darvozasiga gol urishga muvaffaq boʻladi, shunga qaramay, klub raqibga qarshi kechgan bahsda 1:2 hisobida imkoniyatni qoʻldan boy beradi[2]. Oʻsha paytda „Zarya“ klubini murabbiy Anatoliy Kuksov boshqargan boʻlib, keyin uning oʻrnini murabbiy Aleksandr Shakun egallagan. Lugansk murabbiylari yangi yosh mahalliy futbolchilarga[2] ishonch bildirishadi va ularni oʻyinlarga jalb qilishadi, shuning uchun ham Yuriy Selix klub tarkibida juda koʻp oʻyinlarda ishtirok etadi va koʻplab muvaffaqiyatlarga erishadi. „Zarya“ klubida oʻzini yetarlichi koʻrsata olgan Selix 1999-yilda Kiyevning "Dinamo" jamoasiga taklif qilinadi.
Selix Kiyevga koʻchib oʻtganidan soʻng, „Dinamo-2“ jamoasi safida oʻyin olib boradi. 1999-yil 30-oktyabrda asosiy jamoa tarkibida „Dnepr“ jamoasiga qarshi kechgan oʻyinning 17-daqiqasida maydonga tushiriladi (4:0). Keyinchalik, 2000-yildan 2005-yilgacha futbolchi Ukraina chempionatining birinchi, ikkinchi va uchinchi ligalarida turli jamoalar safida oʻyinga tushadi.
2005-yilda FK „Xarkov“ Selix bilan shartnoma imzolaydi. Bu jamoada Selix umumiy hisobda 30 ta oʻyin oʻtkazadi. Keyinchalik Yuriy Selix FK „Xarkov“dan soʻng „Zakarpatye“ jamoasiga oʻtkaziladi[3] .
2007-yilda Aleksandr Kosevich bilan yaxshi tanish boʻlgan sobiq jamoadoshi Yuriyning Luganskning „Zarya“ klubiga qaytishiga sababchi boʻladi[3]. „Zarya“ klubi tarkibida[4] Yuriy Ukraina oliy ligasidagi oʻyinlari sonini 117 taga yetkazadi.
Keyinchalik futbolchi „Vitebsk“ [5], „Aleksandriya“[6], Namanganning "Navbahor"[7], „Zakarpatye“[8], Andijonning "Andijon"[9], „Nikolayev“[10], „Bukovina“[11], Sverdlovskning „Miner“ jamoalari safida ham toʻp suradi[12].
2013-yil oktyabr oyida Donbass chempionatida „Zarya“ klubi favoritlardan biriga aylanadi[13]. Keyinchalik, Ukraina sharqida sodir boʻlgan mojarolar paytida Selix Ukraina tomonidan nazorat qilinmaydigan hududda qoladi va shu sababli futbolchi davlat tomonidan rasman tan olinmaydigan chempionatlarda oʻynashga majbur boʻladi.
2015-yilga kelib futbolchi LNR terma jamoasi (Lugansk Xalq Respublikasining milliy futbol jamoasi) da oʻyinlarini davom ettiradi[14].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Юрий Целых: «Мое дело — играть и забивать»“ (ru). FOOTBALL.UA (2009-yil 6-avgust). 2014-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 31-mart.
- ↑ 2,0 2,1 „Юрий Целых: «Психологически, аренды «убивают» футболистов»“ (ru). terrikon (2011-yil 27-yanvar). 2014-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 31-mart.
- ↑ 3,0 3,1 „Юрий Целых: «Надеюсь, в Луганск приехал надолго»“ (ru). Sport.ua (2007-yil 9-avgust). 2014-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 31-mart.
- ↑ „Юрий Целых в «Заре»“ (ru). UA-футбол (2007-yil 4-avgust). 2014-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 31-mart.
- ↑ „Юрий Целых вернулся в Витебск“ (ru). FOOTBALL.UA (2009-yil 4-mart). 2014-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 31-mart.
- ↑ „Как дела у первой лиги?“ (ru). UA-футбол (2009-yil 14-iyul). 2014-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 31-mart.
- ↑ „Целых, Половков и Храмцов продолжат карьеру в Узбекистане“ (ru). Луганский футбол (2010-yil 15-mart). 2014-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 31-mart.
- ↑ „Юрий Целых поиграет за ужгородское «Закарпатье»“ (ru). UA-футбол (2010-yil 20-iyul). 2014-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 31-mart.
- ↑ „Юрий Целых отправился в Узбекистан“ (ru). Луганский футбол (2011-yil 31-iyul). 2014-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 31-mart.
- ↑ „На просмотре в МФК «Николаев» Юрий Целых“ (ru). Николаевские новости (2012-yil 21-yanvar). 2014-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 31-mart.
- ↑ „Юрій Целих підписав контракт із «Буковиною»“ (uk). UA-футбол (2012-yil 12-iyul). 2014-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 31-mart.
- ↑ „Юрий Целых стал «горняком»“ (ru). Неофициальный сайт ФК «Заря» (2013-yil 19-mart). 2014-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 31-mart.
- ↑ „Бывший форвард киевского «Динамо» выступает за СК «Заря»“ (ru). Луганский футбол (2013-yil 11-sentyabr). 2014-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 31-mart.
- ↑ Kak v Luganske sbornaya terroristov „LNR“ pobedila „DNR“
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Yuriy Selix Soccerway saytida
- Yuriy Selix FootballFacts.ru saytida (ruscha)
- 18-aprelda tugʻilganlar
- 1979-yilda tugʻilganlar
- Lugansk viloyatida tugʻilganlar
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha futbolchilar
- Ukrainalik erkak futbolchilar
- Futboldagi erkak hujumchilar
- FC Zorya Lugansk futbolchilari
- Dinamo Kiyev futbolchilari
- FC Dinamo-3 Kiyev futbolchilari
- FC Vorskla Poltava futbolchilari
- FC Vorskla-2 Poltava futbolchilari
- FC Hoverla Uzhhorod futbolchilari
- FC Zakarpattiya-2 Ujgorod futbolchilari
- FC CSKA Kiyev futbolchilari
- FC Obolon Kiyev futbolchilari
- FC Obolon-2 Bucha futbolchilari
- FC Dinamo-2 Kiyev futbolchilari
- FC Metalurg Zaporojye futbolchilari
- FC Metalist Kharkiv futbolchilari
- FC Xarkov futbolchilari
- FC Vitebsk futbolchilari
- FC Oleksandriya futbolchilari
- MFC Mykolaiv futbolchilari
- Andijon klubi futbolchilari
- Navbahor futbolchilari
- FSC Bukovyna Chernivtsi futbolchilari
- PFC Shaxtyor Sverdlovsk futbolchilari
- Ukraina Premyer-ligasi futbolchilari
- Ukrainalik muhojir erkak futbolchilar
- Belarusdagi muhojir erkak futbolchilar
- Oʻzbekistondagi muhojir erkak futbolchilar
- Oʻzbekistondagi ukrainalik muhojir sportchilar