Severodonetsk
Severodonetsk — Ukrainaning Lugansk viloyatidagi shahar (1958-yildan). Severskiy Donets vodiysida, Lisichansk temir yoʻl stansiyasidan 6 km. Aholisi 135 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). "Azot", "Stekloplastik" ishlab chiqarish birlashmalari, yogʻochsozlik, uysozlik kombinatlari, priborsozlik, elektron hisoblash mashinalari, oziq-ovqat sanoati korxonalari va boshqa bor. Qurilish materiallari ishlab chiqariladi. Bir necha ilmiy tadqiqot instituti, kimyomexanika, musiqa oʻrta maxsus bilim yurtlari mavjud.[1]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |