Yunus Akgun

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Yunus Akgun
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 2000-yil 7-iyulda tugʻilgan. (22-yosh)
Tavallud joyi Istanbul
Boʻyi 1.73 m
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Galatasaroy
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2011—2018 Galatasaroy
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2018- Galatasaroy 17 (1)
2020—2022 Adana Demirspor 62 (13)
Milliy terma jamoa
2015—2016  Turkiya U-16 9 (2)
2016—2017  Türkiye U-17 24 (4)
2018—2019  Turkiya U-19 9 (4)
2019  Turkiya U-20 1 (0)
2019  Turkiya U-21 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Kategori:Türkçe Vikipedi ile Vikiveride aynı resim olan maddeler Yunus Akgün (2000-yil 7-iyulda Istanbulda tugʻilgan) — Turkiya milliy terma jamoasi futbolchisi hisoblanib,oʻng qanotda oʻynaydi. U Superliga jamoasi boʻlgan „Galatasaroy“da faoliyat yuritib kelmoqda.

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Akgun futbolchilik faoliyatini dastlab 2011-yili Galatasaroy yoshlar akademiyasida boshlaydi. Akademiyada oʻzini yaxshi tomondan koʻrsata olgani sababli 2017-yilning 7-iyulida Galatasaroy bilan 3 yillik rasmiy shartnomaga imzo chekadi[1]. U 2018-yil 5-avgust kuni „Akhisar Belediyespor“ga qarshi oʻynagan Turkiya Superkubogi final bosqichida oʻzining dastlabki debyut oʻyinini oʻtkazadi[2]. 2018-yilning 27-avgust kuni Alanyaspor jamoasiga qarshi bahsda Galatasaroy bilan Superligadagi ilk liga oʻyinini oʻtkazadi va 6:0 hisobida gʻalaba qozongan holda yosh futbolchi ligadagi ilk golli pasini ham shu uchrashuvda amalga oshirishga eriashadi[3]. U 2018-19 UEFA Chempionlar ligasining 2-turida Porto klubiga qarshi kechgan uchrashuvda Galatasaroy jamoasi tarkibida 86-daqiqada maydonga tushgan holda Emre Belözogʻludan keyin Chempionlar Ligasida oʻynagan eng yosh Galatasaroy futbolchisiga aylanadi[4].

Adana Demirspor[tahrir | manbasini tahrirlash]

2020-21-yilgi mavsum boshida u „Galatasaroy“dan „Adana Demirspor“ga ijaraga beriladi. Oʻsha mavsum Adana vakilining Superligaga chiqishiga katta hissa qoʻshish bilan birga, 28 oʻyinda 5 gol va 3 golli uzatmani amalga oshiradi.

Ayniqsa, Adana Demirspor prezidenti Murat Sancak mavsum avvalida futbolchini klubga qaytarishni xohlaydi, Adana Demirsporda yana 1 yil ijara asosida faoliyat olib boradi va 38 oʻyinda 9 gol va 17 golga assistentlik qilgan.

Terma jamoadagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yunus Akgün, 2017-yili Xorvatiyada oʻtkazilgan 2017-yili 17-yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa futbol chempionatida Turkiyaning 17-yoshgacha boʻlgan milliy futbol terma jamoasi safida boʻlgan[5]. Futbolchi oʻsha yili Hindistonda boʻlib oʻtgan 2017-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionatida ham ishtirok etgan[6].

Milliy terma jamoa gollari[tahrir | manbasini tahrirlash]

ESLATMA: Maʼlumotlar Turkiya sahifasiga asoslangan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Geleceğin aslanları asgari ücrete imza attılar“. 9 ağustos 2018da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28 haziran 2017.
  2. „Galatasaray 1 - 1 Akhisarspor“. 25 kasım 2018da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 5 ağustos 2018.
  3. „Yunus Akgün'ün özel gecesi“. 14 ağustos 2019da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28 ağustos 2018.
  4. „Yunus Akgün Galatasaray tarihine geçti“. 4 ekim 2018da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4 ekim 2018.
  5. „U17 Milliler, Hırvatistan'daki ilk antrenmanını yaptı“. 6 ağustos 2018da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1 mayıs 2017.
  6. „U17 Milli Takımı, Dünya Kupası hazırlıklarına başladı“. 5 ağustos 2018da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16 eylül 2017.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]