Yukagir yassitogʻligi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yukagir yassitogʻligiRF Saxa Respublikasi va Magadan viloyatidagi yassitogʻlik. Kolima daryosi oʻrta oqimining oʻng sohilida joylashgan. Janubiy gʻarbdan shimoliy sharqqa 500 km ga choʻzilgan. Eni 250—300 km. Relyefi yassi, nurash kuchli. Shimoli-gʻarb tomon pasayib boradi. Oʻrtacha bal. 300—400 m. Baland qismi — jan.da (Chubukulax kryajining eng baland joyi 1128 m). 400—500 m balandlikkacha siyrak daraxtli oʻrmonlar, tayga mavjud. Undan yuqorida togʻ tundrasi boshlanadi.