YouTube Space

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
The exterior of YouTube Space London Kings Cross
YouTube Space London Kings Cross 2020-yilda tashqi koʻrinishi, 2012-yilda ochilgan birinchi YouTube Space

YouTube Space — bu YouTube platformasi tomonidan tashkil etilgan kontent yaratuvchilarga yordam berish uchun virtual va maxsus joy.[1]

Dastlab, YouTube Spaces kontent yaratuvchilarga kontent ishlab chiqarishni oʻrganish hamda ularga YouTube kanallari rivojlantirishda qulayliklar yaratish uchun YouTube tomonidan tashkil etilgan joy.[2] Kontent yaratuvchilari uchun YouTube Spaces-dan foydalanish mutlaqo bepul edi, jumladan, YouTube tomonidan taqdim etilgan uskunalar, studiya maydoni, post-produserlik inshootlari, treninglar va mahorat darslaridan foydalanish. Dunyo boʻylab oʻnta YouTube Space inshoatlari mavjud.[3] Birinchi YouTube Space 2012-yilda Googlening London Kings Cross ofisida ochilgan.[4] Ushbu Spacelar 2020-yilda COVID-19 pandemiyasi sababli vaqtincha yopildi, ammo 2021-yil 18-fevralda YouTube bosh direktori Robert Kynkl Berlin, London, Los-Anjeles, Nyu-York, Parij, Rio-de-Janeyro, va Tokio doimiy yopiq qolishi haqida aytgan.[1][5] YouTube space-lar hozirda San-Paulu, Mumbay va Dubayda ochiqligicha qolmoqda.[6]

Joylar[tahrir | manbasini tahrirlash]

London[tahrir | manbasini tahrirlash]

YouTubeʼning birinchi Spaceʼi 2012-yilda London Kings Crossda ochilgan. U uchta ovoz oʻtkazmaydigan studiyalarni, tahrirlash toʻplamlarini va YouTuberlar uchun oʻz mahsulotlarini sotish uchun doʻkonni oʻz ichiga oladi. Bundan tashqari, kofe bari boʻlgan jamoat maydoni mavjud.[4]

Los Anjeles[tahrir | manbasini tahrirlash]

LA YouTube Spaceʼiga ikkinchi joy boʻldi va 2013-yilda ochildi. Los-Anjeles xalqaro aeroportidan bir necha daqiqa uzoqlikda joylashgan.[7]

Tokio[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tokiodagi YouTube maydoni 2013-yilda ochilgan.[8] U anʼanaviy yapon uy toʻplamini, sinflar toʻplamini va oʻyin namoyishlari uchun ishlaydigan modulli toʻplamni oʻz ichiga oladi. Roppongi tepaligida joylashgan muassasa, shuningdek, ijodkorlar uchun oʻquv xonasi va ovoz yozish studiyasiga ega.[9]

Nyu York[tahrir | manbasini tahrirlash]

Nyu-Yorkdagi YouTube Space 2014-yilda ochildi va u toʻrtinchi Global YouTube Space va AQShda joylashgan ikkinchisi boʻldi.[10] Nyu-Yorkdagi Chelsi bozorining oltinchi qavatida ochilgan 20 000 kvadrat fut maydon.[11][9]

San-Paulu[tahrir | manbasini tahrirlash]

Braziliyada birinchi YouTube maydoni 2014-yilda ochilgan.[12]

Rio-de-Janeyro[tahrir | manbasini tahrirlash]

Braziliyaning ikkinchi YouTube maydoni 2015-yilda ochilgan. U 22000 kvadrat metr maydonga ega.[3]

Berlin[tahrir | manbasini tahrirlash]

Berlindagi YouTube maydoni 2015-yilda ochilgan.[13] YouTube Berlin kampusi uchun MET Film School bilan hamkorlik qildi. Ijodkorlar kirishlari va suratga olishni boshlashlari uchun ularga atigi 1000 obunachi kerak boʻladi, bu esa boshqa takliflarga qaraganda ancha qulayroq.[9]

Parij[tahrir | manbasini tahrirlash]

Parijdagi YouTube Space 2015-yilda ochilgan[14]

Mumbay[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mumbaydagi YouTube Space 2016-yilda ochilgan. U Whistling Woods International (WWI) keng tarqalgan ishlab chiqarish majmuasida 1400 kvadrat fut maydonga ega boʻlib, u 400 kvadrat futlik studiya, ijodkorlar dam olish va muloqot qilishlari uchun dam olish xonasi, ustaxona maydoni va 4K videomontajlarni qila olish quvvatiga ega ikkita kompyuterlarni oʻz ichiga oladi.[15]

Dubay[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dubaydagi YouTube Space 2018-yilda ochilib, oʻninchi global YouTube Spaceʼga aylandi. Boshqa studiyalar singari, u YouTube bilan hamkorlikda toʻliq jihozlangan studiya va post-prodakshn va hamjamiyat tomonidan mualliflar kontentini qoʻllab-quvvatlaydi.[16]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]