Yersovun
Qiyofa
Yersovun, tasbi (Leotice eversmannii) — zirkdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻsimliklar turkumi. Oʻrta Osiyoda 4 turi bor. Poyasi tik, 25—50 sm. Toʻpguli murakkab shingil. Ellipssimon yon bargchalarining uz. 3—12 sm. Guli sariq, gulbandi yotiq, uz. 1,5—3,5 sm. Urugʻi qoʻngʻir, diametri 5 mm. Ye.dan olinadigan saponin penobeton tayyor-lashda ishlatiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |