Saponinlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Saponinlar (lot. saponis — sovun) — glyukozidlar guruhiga mansub azotsiz murakkab organik birikmalar. S.ning taʼmi achchiq, hidi oʻtkir, chayqatilganda (konsentratsiyasi 0,001 g/l boʻlgandayoq) sovunga oʻxshab koʻpiradi. Sof S. — rangsiz yoki sargʻish amorf moddalar. Suvda eritilganda kolloid eritmalar hosil boʻladi. Suvli eritmalari moylar va smolalar bilan barkapop emulsiyalar beradi. Kislota yoki fermentativ gidroliz natijasida S. monosaharidlarga va uglevod boʻlmagan qism — aglikon (sapogenin) ga parchalanadi. Raʼnodoshlar, chinniguldoshlar oilasiga mansub oʻsimliklarda ayniqsa koʻp. Tarkibida S. boʻlgan oʻsimliklar (mas, sovundaraxt, qizilmiya, ipomeya, yetmak va boshqalar) tibbiyotda balgʻam koʻchiradigan va siydik haydaydigan vosita sifatida ishlatiladi. Oziqovqat sanoatida turli ichimliklar, qandolatchilik mahsulotlari tayyorlashda qoʻllanadi. Baʼzi S. (sapotoksinlar) oʻta zaharli.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil