Kontent qismiga oʻtish

110 metrga toʻsiqlar osha yugurish

Vikipediya, erkin ensiklopediya

110 metrga toʻsiqlar osha yugurish — yengil atletika sport turining erkaklar sprint masofalariga tegishli dastur. Sportchilardan yuqori sprinterlik qobiliyatlar, maxsus chidamlilik va toʻsiqlardan oshib oʻtish texnikasini egallashni talab qiladi. 110 metr masofaga toʻsiqlar osha yugurish boʻyicha bahslar faqat yozda 400 metrlik sintetik (rezina) qoplamali yugurish yo‘laklariga ega stadionlarda oʻtkaziladi. 1896-yildan beri Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan.

Gregori Sedok (Niderlandiya). 110 metrga toʻsiqlar osha yugurish

Alohida sport turi sifatida Angliyada XIX asrning o‘rtalaridan boshlab rivojlana boshladi. Birinchi tarixiy manbalarda Angliyada oʻtkazilgan qisqa masofaga toʻsiqlar osha yugurish musobaqasi haqida soʻz yuritiladi. Erkaklar uchun qisqa masofaga toʻsiqlar osha yugurish birinchi marta 1896-yilda Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan.

1900-yillardan 1970-yillargacha bu turda AQSh sportchilari ustunlik qilgan. 1896-yildan 1972-yilgacha ular faqat bir marta Olimpiya oʻyinlarida magʻlub boʻlishgan. Hozirda ushbu intizom boʻyicha eng kuchli sportchilar AQSHlik, kubalik, xitoylik va rossiyalik sportchilardir.

110 m masofaga toʻsiqlar osha yugurishni sportchilar pastki start texnikasidan foydalanib maxsus kolodkalardan chiqib boshlashadi. Erkaklar uchun to‘siqning balandligi 1,067 metrni tashkil etadi. Masofada 10 ta to‘siq bo‘lib, ular orasidagi masofa 9,14 metrni tashkil qiladi.[1].

Yuqori natijalarga erishish uchun sprinterlik qobiliyatlari juda muhimdir. Qoidaga koʻra, yuqori toifali sportchilar toʻsiqlar orasidagi masofani uch qadamda bosib oʻtishadi. To‘siqlardan tegmasdan va shu bilan birga tezlikni yoʻqotmasdan oʻtish eng maqbul usul hisoblanadi. 400 metrga toʻsiqlar osha yugurishdan farqli oʻlaroq, qadamlarning ritmini saqlab qolish ancha muhimdir.

Vaqt Sportchi Mamlakat Sana
Jahon 12.80 s Aris Merritt[2] AQSH 2012-yil 7-sentyabr
Olimpiya 12,91 s Liu Xiang Xitoy 2004-yil 27-avgust
Yevropa 12,91 s Kolin Jekson Buyuk Britaniya 1993-yil 20-avgust
Oʻzbekiston 13.27 s[3] Sergey Usov Oʻzbekiston 1988-yil 11-iyun