Sportcha yurish

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Sportcha yurish — yengil atletika turi; odatdagi yurishdan tik holatda tayanilayotgan oyoqni, albatta, toʻgʻri qolda, tizzani bukmasdan yurish bilan, yugurishdan — harakatning betayanch bosqichi boʻlmasligi (tovonni bosish shartligi) bilan ajralib turadi. Syu. tezligi odatdagi yurishdan 2—2,5 baravar yuqori boʻladi, bunga katta (105— 115 sm) va teztez (minutiga 180—200 ta) qadam tashlash bilan erishiladi. Musobaqalar stadion yoʻlkasida va asfalt yoʻllarda oʻtkaziladi. Erkaklar 10–50 km (rasmiy xalqaro musobakalarda — 20 va 50 km), oʻsmirlar — 3– 10 km; ayrim mamlakatlarda ayollar — 3–20 km masofada musobakalashadilar. Syu. musobaqalari 19-asr 2-yarmida avval Buyuk Britaniyada, keyin Kanada, AQSH, Shvetsiya, Fransiya, Germaniya va boshqa mamlakatlarda oʻtkazila boshladi. 1908 yildan Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritildi.