Yaponofiliya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Lafcadio Hearn (Koizumi Yakumo), yapon madaniyatiga kuchli qiziqishi bilan tanilgan irland-grek shoiri

Yaponofiliya — yapon madaniyati, xalqi va tarixiga, keng maʼnoda Yaponiya bilan boʻgliq hamma narsaga nisbatan qiziqish va muhabbat hissi[1]. Yapon tilida ushbu atama „shinnichi“ (yaponcha: 親日) tarzida boʻlib, „shin (yaponcha: )“ — uchun va „nichi (yaponcha: )“ (Yaponiya maʼnosini bildiruvchi „Nihon“ (yaponcha: 日本) soʻzidagi birinchi harf) soʻzlaridan tashkil topgandir. Bu soʻz Yaponiya uchun degan maʼnoni anglatadi. Bu atama birinchi marta XVIII asrda ishlatilgan va vaqt oʻtishi bilan qoʻllanilish koʻlami oʻzgargan. Yaponofiliyaning aksi yaponofobiyadir (Yaponiyaga tegishli har qanday narsaga nisbatan nafrat yoki qoʻrquv hissi). Yaponiyani oʻrganadigan soha esa yaponologiya deb ataladi.

Ilk qoʻllanilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponofiliya atamasining ishlatilishi Yaponiya tashqi savdoga oʻz eshiklarini ochishdan oldin — 18-asr oxiri va 19-asr boshlariga toʻgʻri keladi. Carl Peter Thunberg va Philipp Franz von Siebold yapon florasi, sanʼat asarlari va boshqalar Yevropada tanilishiga hissa qoʻshdilar, bu esa odamlarning yapon madaniyatiga qiziqishini oshirdi[2][3]. 19-asrda „Charles E. Tuttle“ kompaniyasi Yaponiyani oʻz uyi sifatida bilgan irland-grek yozuvchisi Lafcadio Hearnning bir qancha kitoblariga yozgan soʻzboshilarida uni „tasdiqlangan yaponofil“ deb taʼriflagan[4]. Boshqalar Yaponiya Boshin urushida (Yaponiya fuqarolar urushi) rol oʻynagan fransuz armiyasi ofitseri Jules Brunetni ham yaponifillardan biri sifatida bilishadi.

20-asr[tahrir | manbasini tahrirlash]

20-asrning birinchi oʻn yilligida bir qancha ingliz yozuvchilari oʻz asarlarida Yaponiyani maqtab aks ettirishdi. Masalan, 1904-yilda Beatrice Webb Yaponiyani „inson dadilligi va maʼrifatining koʻtarilayotgan yulduzi“ ekanligini, yaponlarning „innovatsion kollektivizmi“ni va uning „maʼrifatli professional elitasi“ning „gʻayrioddiy“ maqsadliligi va ochiq fikrliligini oʻz kitoblarida keltiradi. Herbert Wells ham oʻzining „A Modern Utopia“ kitobida elitani „samuray“ deb atagan. Qisman bu Britaniya sanoat mahsuldorligining pasayishi, Yaponiya va Germaniyaning nisbatan oʻsishi natijasi edi. Germaniyaga tahdid va raqobatchi kuch sifatida qaraldi, ammo Yaponiya potensial ittifoqchi sifatida koʻrildi. Inglizlar samaradorlikni unumdorlik bilan bogʻliq muammolar yechimi sifatida koʻrishdi va Alfred Steadning 1906-yildagi „Great Japan: A Study of National Efficiency“ kitobi nashr etilgandan soʻng, Britaniyadagi ekspertlar saboq olish uchun Yaponiyaga murojaat qilishdi. Biroq bu qiziqish Birinchi jahon urushidan keyin tugadi[5]. Ispaniya legionining asoschisi general José Millán-Astrayning taʼkidlashicha, samuray jangchi ramzi Bushido unga katta taʼsir koʻrsatgan. Bushidoni „mukammal eʼtiqod“ deb taʼriflagan Millán-Astray „ispaniyalik legioner ham samuray va Bushidoning asosiy qoidalari: sharaf, jasorat, sadoqat, saxiylik va fidoyilik“ka amal qilishi kerakligini aytadi va samuray jangchi meʼyorlariga rioya qilish orqali Ispaniya xuddi shunday buyuk davlatga aylanishini qoʻshimcha qiladi[6]. U shuningdek, Inazo Nitobening „Bushido: The Soul of Japan“ kitobini ispan tiliga tarjima qiladi va unga muqaddima ham yozadi[7].

21-asr[tahrir | manbasini tahrirlash]

2000-yillarning boshlarida yapon ommabop madaniyatiga berilib ketgan odamlarga nisbatan kamsituvchi jargon atamalar yaratildi. „Wapanese“ atamasi (maʼnolari: „oq yapon“ yoki „yaponiyalik boʻlishi mumkin“) birinchi marta 2002-yilda yapon madaniyatiga, xususan, anime va mangaga berilib ketgan yapon boʻlmagan, ayniqsa, oq tanli odam uchun kamsituvchi atama sifatida ishlatildi. „Weeaboo“ atamasi (keyinchalik „weeb“ deb qisqartirilgan) The Perry Bible Fellowship veb-komiksidan kelib chiqqan boʻlib, unda soʻz yoqimsiz narsa degan maʼnoni anglatgan edi[8]. „4chan“ sayti maʼmuri „wapanese“ni „weeaboo“ga oʻzgartirish uchun saytga filtr qoʻshgan, ammo saytdagi foydalanuvchilar bu soʻzni tezda qabul qilib, uni allaqachon mavjud boʻlgan „wapanese“ atamasi oʻrniga haqoratli soʻz tarzida ishlata boshlashgan[9]. Soʻnggi yillarda „weeb“ atamasining qisqartirilgan versiyasi ham Internetda koʻpayib ketdi va bu odatda yapon pop madaniyatining anime, vizual romanlar, manga va yengil romanlar kabi yoʻnalishlarini yaxshi koʻradigan odamlarga ishora qiladi. „Anime News Network“ blog postida Justin Sevakis yapon madaniyatini qadrlaydigan odam bilan „weeaboo“lar oʻrtasida farq borligini, yapon madaniyatini sevishning yomon joyi yoʻqligini va lekin odam yoqimsiz, hali yetilmagan va oʻzlari yoqtiradigan madaniyatga nisbatan beparvo boʻla boshlagach „weeaboo“ga aylanishini taʼkidlaydi. „Alaska Dispatch“ kompaniyasidan Matt Jardin „weeboo“lar koʻr-koʻrona Yaponiyadan kelgan narsalarga ergashadilar, boshqa narsalarga yaqqol ijobiy tomonlaridan qatʼi nazar past nazar bilan qaraydilar deb aytadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. "Japanophile". Webster's Third New International Dictionary, Unabridged. Merriam-Webster. 200. http://unabridged.merriam-webster.com. "one who especially admires and likes Japan or Japanese ways" <!--->
  2. William R. Johnston. William and Henry Walters, the Reticent Collectors. JHU Press, 1999 — 76 bet. ISBN 0-8018-6040-7. 
  3. Robin D. Gill. Topsy-Turvy 1585. Paraverse Press, 2004 — 25 bet. ISBN 0-9742618-1-5. 
  4. Hale, Heather. „Lafcadio Hearn“ (1990-yil sentyabr). 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan.
  5. Bruce Cumings „Archaeology, Descent, Emergence: American Mythology and East Asian Reality“,. Parallax Visions: Making Sense of American-East Asian Relations. Duke University Press, 1999 — 25 bet. ISBN 0-8223-2924-7. 
  6. Jensen, Geoffrey. Irrational Triumph: Cultural Despair, Military Nationalism, and the Ideological Origins of Franco's Spain. Reno, Nevada: University of Nevada Press, 2002 — 150 bet. ISBN 0874174813. [sayt ishlamaydi]
  7. Beeby, Allison; Rodríguez, María Teresa „Millán-Astray's Translation of Nitobe's Bushido: The Soul of Japan“. Autonomous University of Barcelona (2009). 6-iyul 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-iyun 2017-yil.
  8. Chris Kincaid. „Am I a Weeaboo? What does Weeaboo Mean Anyway?“. Japan Powered (2015-yil 30-avgust). 2015-yil 30-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 21-fevral.
  9. Davis, Jesse Christian „Japanese animation in America and its fans“. 4-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-dekabr 2015-yil.