Yapon adabiypti tarixi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Yapon adabiyoti tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiyada oʻrta asrlarda badiiy adabiyot ikki tilda yapon va xitoy tillarida rivojlangan. Til belgilari asarning qaysi janr va badiiy usulga tegishli ekanligini aniqlagan. Agar xitoy tilida ijod qilgan yozuvchilar Xitoy namunalari izidan borgan va unga taqlid qilgan boʻlsalar, yapon tilida asar yaratuvchilar oʻzlarining an’analarini rivojlantirganlar. Kato Syuiti oʻzining “Yapon adabiyoti tarixiga kirish” kitobida ta’kidlashicha:[1]. “Yapon adabiyoti G‘arb va Xitoy adabiyoti bilan solishtirganda bir qancha xususiyatlarga ega. Bular madaniyatni shakllanishida adabiyotning o’rni turli xil davrlardagi tarixiy rivojlanishi, adabiyotning ijtimoiyligi va dunyoqarashi bilan bog‘liqligidadir. Professor Kato har bir aytgan jabhalarini batafsil koʻrib chiqib, shuni ta’kidlaydiki, yapon adabiyotining madaniyatdagi oʻrni shundaki, “har bir davrda yaponlar oʻzlarini fikrlarini adabiy asarlarda bildirganlar”[1]. Yaponiya oʻrta asri bir necha davrlarni oʻz ichiga olib, Heyan davrining ohirgi yil (XII asr) lari, Kamakura davri va Muromoti davrining ohirgi yil (XVI asr) larigacha boʻlgan 500 yillik vaqt oralig‘iga aytiladi. Yaponiya adabiyotshunosligida oʻrta asrni ikki katta davr oralig‘iga: erta oʻrta asrlar –Heyan davri (IX-XII) va kechki oʻrta asrlar–Kamakura va Muromachi davrlari (XII -XIV) oralig‘iga boʻlib oʻrganiladi. Yaponiyada har bir tarixiy davr oʻsha davr muhitida paydo boʻlgan jamiyat va oʻsha jamiyat yaratgan oʻziga xos madaniyati, qonunlari, qarashlari bilan ajralib turgan. Yaponiya adabiy an’analari boy va uzoq tarixga ega boʻlib, Yaponiyada davlatchilikning tashkil topishiga qadar yapon qabilasi mavjud boʻlgan paytdanoq adabiyot shakllangan. Dastlabki adabiyot xalq og‘zaki ijodi boʻlgan boʻlsa, keyinchalik adabiyot yozma adabiyotga koʻchgan. Bizgacha yetib kelgani bu yozma adabiyot hisoblanadi. Yaponiyada adabiyot VII-VIII asrlarda shakllana boshlagan. Ilk adabiyot namunalari sifatida adabiy yodgorliklarni keltirishimiz mumkin. Yapon adabiyoti tarixidagi qadimiy davr haqida ma’lumot beruvchi bu ilk yozma yodgorliklar VIII asrga borib taqaladi. Bularga tarixiy afsonaviy antologiya “Kojiki” (古事記, “Qadimiy ishlar haqidagi qaydnoma”) (712); tarixiy xronika “Nixongi” (日本紀) (720); tarixiy-geografik va etno-tipografik qaydlar “Fudoki” (風土記)(713-733) va ilk yozma she’riy yodgorlik – “Manyoshu” ( 万葉集) (VIII asr ikkinchi yarmi) kiradi. Bu yozma yodgorliklar manbalari yaratilgan davrdan oldingi davrlarni ham oʻz ichiga oladi. Bu davrda yaponlarda oʻzining yozuvi boʻlmagan. Yapon adabiyoti uzoq vaqt Xitoy adabiyoti ta’siri ostida bo‘lgan va ko‘p asarlar aynan eski xitoy yozuvida yozilgan. VIII asrga kelib ilk yozma yodgorliklar yaratilgan paytda Yaponiya poytaxti Nara deb ataluvchi markazlashgan davlatga ega boʻlgan. Hukumat tepasida imperator turgan. Ilk davlat boshqaruvi yuzaga kelgan va yozma yodgorliklar yaratilgan bu davr Yaponiya tarixida Nara davri (III-VIII asrlar) deb atalgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Като Сюити. Нихон бунгаку си дзёсэцу, дзё. (Введение в историю яп. Лит. Т1) Токио, 1975.
  1. 1,0 1,1 Като Сюити. Нихон бунгаку си дзёсэцу, дзё. (Введение в историю яп. Лит. Т1) Токио, 1975.