Yamal yarimoroli
Qiyofa
Ushbu sahifani Yamal yarim oroli bilan birlashtirish taklif etiladi. (munozara) |
Yamal yarimoroli (ruscha: полуо́стров Яма́л)- Shimoli Gʻarbiy Sibirdagi yarimorol, hududi Rossiyaning Yamal-Nenetsk avtonom okrugida joylashgan. Yarim orolning uzunligi 700 km, kengligi 240 km. gacha. Kara dengizidagi Ob qoʻltigʻi va Baydara qoʻltiqlari oʻrtasida joylashgan.
Yarimorolning koʻp qismini arktika tundrasi, janubini esa o'rmon-tundra landshaftlari qoplagan. Ko'llar juda koʻp.
Mahalliy aholi bug'uchilik va baliqchilik bilan shug'ullanadi. Yamal yarimoralida tabiiy gazning juda katta zahirasi borligi aniqlangan.