Yamal yarim oroli

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Yamal yarim oroli (nenetscha ya - yer va mal — oxiri) — Rossiya Federatsiyasi Gʻarbiy Sibirning shimolidagi yarim orol. Mayd. 122 ming km². Yer yuzasi tekislik. Uz. 700 km. Eng baland joyi 84 m. Eni 240 km gacha. Koʻp yillik muzloq gruntlar, gidrolakkolitlar, termokarst, botiklar va boshqalar relyef shakllari tarqalgan. Qirgʻoqlarining kattagina qismi dengizdan qum tillari bilan ajralib turgan pasttekislik, unchalik chuqur boʻlmagan qoʻltiqlardan iborat. Koʻl koʻp (Yarroto, Yambuto, Neyto va boshqalar). Tundra oʻsimliklari bilan qoplangan; janubida oʻrmonli tundra bor. Hayvonlardan lemming, pesets, shimol bugʻusi mavjud; qushlardan qur, qutb boyqushi, yoz kunlari koʻplab gʻoz va oʻrdaklar uchib keladi. Bugʻuchilik, ovchilik, baliq ovlash rivojlangan. Gaz konlari topilgan. Ob qoʻltigʻi qirgʻogʻida dengiz kemalari toʻxtaydigan joy — Noviy port bor.