Anushirvon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Xusrav I Anushirvondan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Anushirvon (to‘liq ismi Xus-rav I Anushirvon) – sosoniylar sulo-lasiga mansub Eron podshohi. A. otasi – Qubod joriy qilgan idora usuli, soliq tizimi hamda harbiy sohalarda jiddiy islohotlar o‘tkazdi, mamla-katni raiyatparvarlik bilan boshqardi. Hind eposi "Kalila va Dimna" A. topshirig‘i bilan paxlaviy tiliga tarji-ma qilindi, Avesto qayta ko‘chirildi. A. shahar va qishloqlarni obod etish, ko‘hna qadriyatlarni tiklashga alohida e’ti-bor berdi, uning davrida zardushtiylik rshojlandi, o‘zaro urushlarga uzil-ke-sil barham berildi. A.ning adolatli-ligi, ma’rifatparvarligi xalq orasida keng yoyiddi, og‘zaki ijodda ham, yozma adabiyotlarda ham A. haqida qissalar to‘qildi. Firdavsiy A. haqida doston yaratgan va uni "Shohnoma"ga kiritgan. "Qobusnoma", "Siyosatnoma", "Jome ul-hikoyot", "Gulzor", "Miftoh ul-adl" va boshqa kitoblarda A. to‘g‘risida ko‘plab hikoyatlar keltirilgan. Alisher Navoiy "Hamsa"sida ham u haqda ma’lumot uch-raydi.A. asli tarixiy shaxs bo‘lgan, keyin-chalik Sharq xalqlari badiiy ijodida keng tarqalgan timsolga aylangan.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil