Xurshid Nabiyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xurshid Nabiyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 11-avgust 1985-yil (1985-08-11) (38 yosh)
Oʻzbekiston
Sport
Qaysi sport Dzyodo
Sport mukofotlari
Osiyo chempionati
Kumush Chedju 2008 90kg gacha
Bronza Bangkok 2013 90kg gacha
Universiada
Oltin Bangkok 2007 90kg gacha

Xurshid Nabiyev (1985-yil 11-avgustda Oʻzbekistonda tugʻilgan) — oʻzbekistonlik dzyudochi, 90 kg vazn toifasida ishtirok etadi, Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi. 2008-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi, dzyudo boʻyicha Osiyo chempionati sovrindori, Jahon Universiadasi gʻolibi, dzyudo boʻyicha Gran-pri va “Katta dubulgʻa” turniri gʻolibi.

Sport faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 2004-yilda dzyudo boʻyicha talabalar oʻrtasida oʻtkazilgan jahon chempionatida 73 kg vazn toifasida finalda italiyalik Franchesko Bryuyer ustidan gʻalaba qozonib, oltin medalni qoʻlga kiritadi[1]. 2007-yilda Tailandning Bangkok shahrida boʻlib oʻtgan Yozgi Universiadada 90 kg vazn toifasida finalda fransiyalik dzyudochi Nikolas Brissonni yengib, oltin medalga sazovor boʻladi[2].

Xurshid Nabiyev 2008-yili Janubiy Koreyaning Chedju shahrida dzyudo boʻyicha oʻtkazilgan Osiyo chempionatida 90 kg vazn toifasida yaponiyalik dzyudochi Xiroshi Izumiga imkoniyatni boy berib, qit’aning kumush medalini qoʻlga kiritadi[3]. Pekinda (Xitoy) boʻlib oʻtayotgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida vazni 90 kg gacha boʻlgan birinchi davrada britaniyalik dzyudochi Uinston Gordonga qarshi tatamiga chiqdi va hech qanday muammosiz uni magʻlub etadi. Keyingi raundda Xurshid ozarbayjonlik Elxan Mammadovga imkoniyatni boy beradi[4].

Sportchimiz 2009-yili Bangkokda oʻtkazilgan jang san’atlari boʻyicha Osiyo oʻyinlarida 90 kg vazn toifasida bronza medalini oladi[5]. 2010-yili Germaniyaning Dyusseldorf shahrida dzyudo boʻyicha Gran-pri musobaqasida ham kumush medalni qoʻlga kiritadi[6]. U Yaponiyaning Tokio shahrida dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” musobaqasida bronza medalini[7], 2011-yili Chedjuda boʻlib oʻtgan dzyudo boʻyicha Jahon kubogida 90 kg vazn toifasida bronza medali[8], Olma-Ota bosqichida esa kumush medal sohibi boʻladi[9]. Oʻsha yili Xurshid Parij shahrida boʻlib oʻtgan “Katta dubulgʻa” turkumiga kiruvchi turnirda bronza medalini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻladi[10].

Xurshid Nabiyev 2013-yilda Bangkok shahrida oʻtkazilgan dzyudo boʻyicha Osiyo chempionatida 90 kg vazn toifasida bronza medalini olgan boʻlsa[11] , Qozogʻistonning Olmaota shahrida oʻtkazilgan dzyudo boʻyicha Gran-pri turnirida u finalda qozogʻistonlik sportchi Islom Bozbayevga yutqazib, kumush medalga sazovor boʻladi[12].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Дзюдо. Россияне выиграли в субботу лишь одну бронзу чемпионата мира“ (ru). РБК Спорт. Qaraldi: 2021-yil 22-avgust.
  2. „Competition Result for Men's Double Trap Team“ (en). Bangkok2007.com (2008-yil 21-iyun). 2008-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-avgust.
  3. „Asian Championships Jeju Event“ (en). JudoInside.com. Qaraldi: 2021-yil 22-avgust.
  4. „Judo Men -90 kg Contest List“ (en). The official website of the BEIJING 2008 Olympic Games (2008-yil 11-sentyabr). 2008-yil 11-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-avgust.
  5. „Азиатские игры по боевым искусствам“ (ru). Национальный олимпийский комитет Узбекистана. Qaraldi: 2021-yil 22-avgust.
  6. „Турнир «Гран-при» / Федерация дзюдо России“ (ru). judo.ru. Qaraldi: 2021-yil 22-avgust.
  7. „Итоги второго дня этапа «Grand Slam» по дзюдо в Японии“ (ru). Wrestlingua.com. Qaraldi: 2021-yil 22-avgust.
  8. „Хуршид Набиев завоевал бронзовую медаль Кубка мира по дзюдо“ (ru). UzReport.news. Qaraldi: 2021-yil 22-avgust.
  9. „В Алматы дзюдоисты Узбекистана выиграли восемь медалей“ (ru). UzDaily.uz. Qaraldi: 2021-yil 22-avgust.
  10. „Узбекские дзюдоисты на турнире Большого шлема в Париже в командном зачете заняли второе место“ (ru). mg.uz. Qaraldi: 2021-yil 22-avgust.
  11. „Asian Championships 2013 (THA Bangkok, 19-20 April 2013)“ (en). Judo Union Of Asia (2013-yil 22-aprel). Qaraldi: 2021-yil 23-noyabr.
  12. „Узбекистан занял седьмое место на Гран-при по дзюдо в Алматы“ (ru). Газета.uz (2013-yil 30-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 22-avgust.