Gekatey Miletlik

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish

Gekatey miletlik (mil.av. taxminan 546—480) — yunon geografi, sayyohi, tarixchisi, yozuvchi. Mamlakatshunoslikka oid dastlabki geografik asarlardan biri — "Yer tavsifi" (ikki qismdan iborat asar: "Yevropa", Shimoliy Osiyoni ham oʻz ichiga olgan va "Osiyo", bunga Misr va Liviya ham kiritilgan) ning muallifi. Asarga quruqlikning odam yashaydigan qismi tushirilgan harita ham ilova qilingan. G. M. ushbu haritasida oʻsha vaqtgacha boshqa haritalarda koʻrsatilmagan uchinchi qitʼa — Liviya (Afrika)ni koʻrsatgan. Uning chegarasi Nil daryosi boʻylab oʻtkazilgan. Lekin harita hozirgacha topilmagan. Biroq Gerodot va b. mualliflarning harita haqidagi axborotlari va "Yer tavsifi"ning 300 dan ortiq saqlanib qolgan qismlari yunonlarning geografik tasavvurlari haqida maʼlumot beradi. G. M.ning boshqa asari — "Genealogiya" ("Nasabnoma") yunonlarning mif va rivoyatlarini oʻz ichiga olgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil