Behistun kitobalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Taxtali trassalar qo`yilgan Behistun yozulari

Behistun yozuvi (shuningdek, Bisotun, Bistun yoki Bisutun; forscha: "Xudoning joyi" ma'nosini anglatuvchi, eski forscha: bagastana) - Eronning Kirmonshoh viloyatidagi Behistun tog'idagi jarlikda ko'p tilli yozuv va katta qoyatosh relyefi, g'arbiy Erondagi Kirmonshoh shahri yaqinida, buyuk Doro (r. miloddan avvalgi 522-486) tomonidan tuzilgan. Eski fors, Elamit va Bobil (Akkad tili turi): kabi uch turdagi tillarning matnlar jamlanmasindan iborat qoyatosh mixxatli yozuvlari.

Buyuk Doro muallifligida yozilgan bu yozuv miloddan avvalgi 522 yilning yozida Fors imperiyasi podshosi sifatida taxtga o'tirilishidan to miloddan avvalgi 486 yilning kuzida vafotigacha bo`lgan davrdagi muhim tarixiy manbalarni o`z ichiga oladi. Yozuvlar Doro I ning qisqacha tarjimai holi, jumladan, uning nasl-nasabi va ajdodlariga talluqli bitiklar bilan boshlanadi.Ahmiyati jihatidan Misr va Xitoy bitiklari bilan teng hisoblanadi. Unda qadimgi Ahamoniylar sulolasi taxihi va kelib chiqishi, shuningdek sulolaviy shajara darxti ham berilgan. Undagi ayninqsa qadimgi Fors imperyasi tarkibiga kiruvchi xalqlar xaqindaki malumotlar eng muhimlaridir. Chunki, unda xali arxeologlar va tarixchilar tomonidan yetarlicha o`rganilmagan 23 ta qadimiy o`lka va ularda yashovchi xalqlarning qisqacha tasnifi berib o`tilgan. Xususan, yurtimizda yashagan qadimgi saklar, massagetlar va ulardan keyingi avlod xalqlari bo`lmish xorazmiylar, bakteriyaliklar haqida malumotlar berilgan. Ammo, bu kabi malumotlar xaligcha uzbek tililida nashr etilmayotgani va yurtdoshlarimizning o`z tarixiga etiborsizligi meni dim tashvishga soladi. Bu kabi muhim manbalar topib o`rganilishi va xalqimizning kim bo`lganini anglashi uchun qattiq nashr holatida bosmadan chiqarilishi kerak deb o`ylayman.

Behistun yozuvi ustuda bajarilgan izlanishlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shahanshoh Doro va unga qarshi chiqqan 10 dana isyonchi tasviri. Ularustida Ahuramazda Doro ularga adolatli xukm chiqarmoqda.

Yozuv taxminan 15 m (49 ft) balandlikda 25 m (82 ft) kenglikda va 100 m (330 ft) Bobil va Midiya poytaxtlarini (Bobil va Ecbatana) bog'laydigan qadimiy ohaktoshli jarlik yo'lidan o`tgan yaniki, joylashgan. Buning sababi bu yo`ldan o`tgan har bir odam podsholikning tarixi qanday bo`lganligini bildirish maqsadida qilingan, bu esa o`sha paytda tarixga va unda o`z nomini abadiy qoldirishga sholarning qanchalik etibor berishini bildiradi. Qadimgi fors tilidagi matn besh ustundan iborat 414 satrni ; Elamit matni sakkizta ustunda 593 satrni, Bobil tilidagi matni esa 112 satrni o'z ichiga oladi. Berilgan tasvirda ko`rinib turibdiki, Doro o`zining shohlik belgisi sifatida boshida toj kiygan holatda va chap oyog`ini isyonchi odamning ko`kragiga qo`ygan xolda tasvirlangan. Shahanshohning orqasida esa ikkita ikkita soqchi joylashgan va shohni qo`riqlayapti. Podshodan o`ng tomonda birin ketinlikda turgan isyochilar joylashgan, bo`yinlarida sirtmoq va zanjirband holda. Doro ularga hukm o`qiyapti. Ularning ustida Zardushtiylikning muqaddas xudosi Ahuramazda joylashgan. Bu esa Doroga xudoning marxamati ila berilgan taxtni va g`alabani bildiradi.

Ser Genri Roulinson[tahrir | manbasini tahrirlash]

1835-yilda Eron Shohining harbiy kuchlariga tayinlangan Britaniya Sharqiy-Hindiston kompaniyasi armiyasining ofitseri Ser Genri Roulinson yozuvni astoydil o'rganishga kirishadi. Bu davrda shaharcha "Behistun" deb atalardi, mos ravishda yodgorlik "Behistun yozuvi"deb nomlangan edi. Unga borishni imkoni yo`q bo`lishiga qaramasdan, Roulinson mahalliy bolaning yordami bilan jarlikni o'lchashga va eski fors yozuvini nusxalashga muvaffaq bo'ldigan. Ammo faqat qadimiy fors tilidagi yozuvlarni ko`chira oldi holos. Elamit tili   jar bo'ylab joylashgan, Bobil yozuvlari esa undan to'rt metr balandda edi, shu sabab ularga yetib  borolmaganliklari tufayli o`ranishni keyinga qoldirishgan.

Genri Raulinson, U Ossuriologiya fani, yani, eroniy va mesapotamiya tillarini o`rganuvchi talim, otasi deb yuritiladi.

Roulinson Forscha matnlar va Georg Fridrix Grotefend (nemis epigrafisti va filologi edi. U asosan mixxat yozuvini ochishga qo'shgan hissasi bilan tanilgan) ning tasniflari yordamida matnning sirini ochishga kirishadi yani tarjimani boshlidi. Birinchi bo`limda u Geradot o`zining sharqiy mamlakatlarga qilgan safarini yoritgan asarda keltirgan shohlarning nomlarini ketma ketligini topadi, biroq nomlar Gerodotning yunoncha transkripsiyasindan bashqacharoq edi, misol uchun Doro nomi Dâryavuš deb keltirilgandi , gerodotnikida Δαρειος.yani Darios. Afsuski, bu kitob ham uzbek tilga tarjima qilinmagan, internet manbalarida ham afsuski uning Gerodotga tegishliligindan boshqa manba topolmaysiz. Belgilarni nomlarga moslashtirish orqalini R. mixxatni 1838 yilda tekstlarni deshifrofkaladi va uni Britaniya Qirollik Jamiyati (Buyuk Britaniya va Irlandiya Qirollik Osiyo Jamiyati, odatda Qirollik Osiyo Jamiyati (RAS) nomi bilan tanilgan, o'zining 1824 yil 11 avgustdagi qirollik nizomiga binoan, "Osiyo bilan bog'liq adabiyot, san'at va ilm-fan bilan bog'liq narsalarni tekshirish va rag`batlantirish" bilan shug`ullangan.)va Parijdagi Société Asiatique "Osiyo jamiyati" (Osiyoni o'rganishga bag'ishlangan frantsuz ta'lim jamiyati. U 1822 yilda Osiyo haqidagi bilimlarni rivojlantirish va tarqatish missiyasi bilan tashkil etilgan. Uning geografik qiziqish chegaralari Mag'ribdan Uzoq Sharqqa qadar bo`lib. Jamiyat The Journal asiatique nashr etagan. Hozirgi kunda jamiyatning Fransiyada va xorijda 700 ga yaqin a'zosi bor; uning kutubxonasida 90 000 dan ortiq jild mavjud) ga topshiradi. R. keyinchalik o`z harbiy majburyati yuzasidan Afg`onistonga ketadi va 1843 yilda Eronga qaytib keladi, o`z ishini yakunlashga kirishadi.Bu safar u fors va elam yozuvlari orasidagi bo'shliqni taxtalar bilan to'ldirish orqali kesib o'tdi va keyinchalik elam yozuvidan nusxa ko'chirdi. U mahalliy aholi orasidan chaqqonroq bir bolani topib unga qoyadagi teshiklarga joylashib to Bobil yozuvinacha ko`tarilatovg`in bola topdi, shunda yozuvlarning nusxasini olishga imkon tug`ulardi.[1] U yozuvni nusxalashda Papier-mâché usulidan ayyorona foydalandi. Yaniki, qoyaga bo`yoq surtilgan va unga qog`ozni tekkizib olish natijasinda( bosish) mixxatni nusxasi olingan. Buni hozir yosh bolalar ,shuningdek men ham tangalardan nusxa olishda foydalanganman.

Roulinson boshqa bir qancha olimlar, xususan Edvard Xinks, Julius Oppert, Uilyam Genri Foks Talbot va Edvin Norris bilan alohida yoki hamkorlikda ishlagan holda,bu yozuvlarni deshifrladi va oxir-oqibat ularni to'liq o'qiy olish qobiliyatiga ega bo`ldi. Behistun yozuvining qadimgi forscha bo'limlarining tarjimasi matnning elam va bobil qismlarini keyinchalik shifrlash qobiliyatiga yo'l ochdi, bu zamonaviy Assurologiya(Assyriology)ning rivojlanishiga katta yordam berdi.

Assuriologiya-Assyriology Bu Mesopatamiya va Qadimgi Eron hududlarida yashovchi xalqlarning lingvistikasi bilan shug`ullanuvchi fan bo`lib unga keng manoda Roulinson asos solgan. Uning tadqiqotlaridan keyin Behistun bitiklarni chuna olishga erishildi.Shu boisdan uni shu fanning otasi deb ham atashadi.

Nasl-nasab[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yozuvning birinchi qismida Buyuk Doro oʻzining nasl-nasabi va ajdodlarini keltirib o`tadi. Quyidagi yozuvlar esa uning keltirib o`tgan so`zlarining aniq tarjima nusxasi bo`lib, uning oilasidagi ajdodlarining ketma ketligini aytadi. U shuningdek Shohlar avlodidan ekanligi va Ahuramazda inom etgan davlatning 9-hukmdori ekanligini bayon qiladi. Eron shohlarining Zardushtiylik diniga bo`lgan katta etiborini etiborga olish lozim.

Shoh Doro aytadi: Mening otam Histas [Vishtaspa]; Histasning otasi Arsames [Arshama] edi; Arsamesning otasi Ariaramnes [Ariyaramna] edi; Ariaramnesning otasi Teispes [Cišpiš] edi; Teipesning otasi Axamenes [Haxâmanish] edi. Shoh Doro aytadi: Shuning uchun bizni Ahamoniylar deb atashgan; Qadim zamonlardan beri biz olijanob edik; Qadim zamonlardan beri bizning sulolamiz shoh bo'lib kelgan. Shoh Doro aytadi: Mening sulolamdan sakkiz nafari mendan oldin podshoh boʻlgan; Men to'qqizinchisiman. Biz ketma-ket to'qqizta shoh bo'ldik.

Ahamoniylar sulolasi. Sulolaviy daraxti

Shoh Doro aytadi: Axuramazdoning inoyati bilan men shohman; Ahuramazda menga saltanat berdi.

Kir Buyukga atalgan ramziy monument

Mamlakat hududlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hukmdor shuningdek uning qo`l ostidagi hududlarni keltirib o`tadi. Unda jami 23 ta hududni sanab o`tadi. Shuningdek ularning joylashuvi va qanday xalqlar yashaganligi, qancha soliq to`laganligi, ayniqsa qay yo`sinda nimalar orqali o`lpon berganliklari keltirilgan. Bu orqali biz bu xalqlarning nima bilan shug`ullarganliklari va nimalar yetishtirganligini bilishimiz mumkin. Xalqlarning tosh yuzasiga o`yma tasvirlar orqali tasvirlangani tufayli undagi xalq kiyinish madaniyatiga talluqli qimmatli malumotlarni olish mumkin. Qo`shimcha ravishda biz xaritadan ko`rishimiz mumkinki Yurtimiz 3ta satraplik yaniki Doro I tomonidan bo`lingan mamuriy hududiy birlik, u malum bir hududda yashovchi xalq va qabilalarning bir biriga yaqinligi va qarindoshligi bo`yicha guruhlarga bo`lib ular yashovchi hududni chegaraladi va satraplik maqomini beradi. Ularga Podsho xonadonidan bo`lgan va yaqin insonlarini Satrap boshlig`i qilib tayinlaydi. Ko`rsanib turg`aninday biz XV, XVI va XII satrapliklar hududiga kirganmiz.

Men quyida Shahanshoh Doro Behistunda keltirgan so`zlarnini tarjimasini joyladim;

Ahamoniylar davlatining eng gullab yashnagan davrlari miloddan avvalgi VI asrning II choragi

Shoh Doro aytadi: Bular menga tobe bo'lgan davlatlardir va Axuramazdaning inoyati bilan men ularning shohi bo'ldim: Fors [Pârsa], Elam [Ûvja], Bobil [Bâbiruš], Ossuriya [Athura], Arabiston [Arabaya] , Misr [Mudraya], dengiz boʻyidagi mamlakatlar [Tyaiy Drayahyâ], Lidiya [Sparda], yunonlar [Yauna (Ionia)], Midiya [Mâda], Armaniston [Armina], Kapadokiya [Katpatuka], Parfiya [Partava], Drangiana [Zraka], Aria [Haraiva], Xorasmiya [Uvârazmîy], Baqtriya [Bâxtriš], So'g'd [Suguda], Gandhara [Gadâra], Skifiya [Saka], Sattagydia [Thataguš], Arachosia [Harauvatiška] va; jami yigirma uchta yer.

Mojarolar va isyonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Doro I hokimyatga kelgan ilk hukmronligi vaqtda, bu taxminan miloddan avvalgi 522-519 yillarga to`g`ri keladi, mamlakat isyonlar bilan to`la edi. Jami 10 ta hududda satrapliklar isyon ko`tarib mustaqillik davo qilayotgn edilar. Shoh ularni ham B. yozuvlarida keltirib o`tgan. Unda Kir II va Kambiz II lardan qolgan taxt, unga isyonlarga to`la bo`lgan davlatni tashlab ketgani, hamda, ularni bostigani haqida so`z boradi. Ularning bazilari quyida keltirildi;

Assiana bo`rtma naqshi

Assina relyefi c. Miloddan avvalgi 519 yil: "Bu Asshina. U "Men Elam shohiman" deb yolg'on gapirdi"[tahrir | manbasini tahrirlash]

Behistun relief Nidintu-Bel.jpg

Nidintu-Belning relyefi: "Bu Nidintu-Bêl. U yolg'on gapirdi, "Men Nabonidning o'g'li Navuxadnazarman. Men Bobil shohiman”.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Behistun Relief, Tritantaechmes.jpg

Tritantaxmesning relyefi: "Bu Tritantaxmes. U yolg'on gapirib, "Men Sagartiya shohiman, Kiaksar oilasidanman.[tahrir | manbasini tahrirlash]

Behistun relief Arakha.jpg

Araxaning relyefi: "Bu Araxa. U yolg'on gapirdi: "Men Nabonidning o'g'li Navuxadnazarman. Men Bobilda shohman[tahrir | manbasini tahrirlash]

Behistun relief Frada.jpg
Fradaning o`ymasi: "Bu Frada. Men Marg'iona podshosiman" deb yolg'on gapirdi.
Behistun.Inscript.Skunkha.jpg
Skunxaning Behistun relyefi. Yorliq: Bu Saka Skunxa.

Manbalar ==== Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 2

*Adkins, Lesley, Empires of the Plain: Henry Rawlinson and the Lost Languages of Babylon, St. Martin's Press, New York, 2003.

  • Rawlinson, H.C., Archaeologia, 1853, vol. xxxiv, p. 74.
  • Thompson, R. Campbell. "The Rock of Behistun". Wonders of the Past. Edited by Sir J. A. Hammerton. Vol. II. New York: Wise and Co., 1937