Xonqa sanatoriyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xonqa sanatoriyasi
Mamlakat Oʻzbekiston
Tuman Xonqa

Xonqa sanatoriyasi – Xorazm viloyati Xonqa tumani Qirqyop qishlogʻidagi Kattayop mahallasida qurilgan. Sanatoriya Amudaryo va Shovot kanali oʻrtasida joylashgan. Bino 3 qavatdan iborat. 14 gektar maydonni egallagan maskan bir vaqtning oʻzida 200 dan ortiq mijozlarga xizmat koʻrsatadi[1]. Sanatoriya oʻzida yotoqxona, oshxona va tibbiyot maskanini birlashtirib turadi. „XONQA SANATORIYASI“ mas`uliyati cheklangan jamiyati sifatida 1993-yil 12-oktabrda davlat roʻyhatidan oʻtgan. Bemorlar katta va yorugʻ oshxona, kutubxona, sport maydonchasi, pochtadan foydalana oladilar. Qadimiy Xiva shahriga sayohatlar uyushtiriladi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dastlab ssanatoriya paxta tozalash zavodining dam olish sihatgohi sifatida oʻtgan asrning 60-yillarida tashkil etilgan. Keyinchalik Masharif Abdullayev bu majmuani sanatoriyaga aylantirishda katta xizmat koʻrsatgan. Ortiqboy Rahmatullayevning koʻmagi bilan 785 metr yer tagidan issiq madanli suv chiqrishga muvaffaq boʻlindi.[2]

Davolash yoʻnalishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Sanatoriyada asosan yurak-qon tomirlari, asab tizimi, ginekologik va harakat-tayanchi bilan oʻgʻrigan bemorlarga xizmat koʻrsatiladi.[2] Yod, brom va boshqa mikroelementlar bilan toʻyingan mineral manbalar davolash jarayonida ishlatiladi. Sanatoriyda bemorlar: – Zamonaviy tashxislash va davolash asbob-uskunalar; – fizioterapiya; – davolash badantarbiyasi va uqalash; – lazeroterapiya; – ignarefleksoterapiya; – parhez ovqatlanish usullari bilan davolanadilar.

Yangiliklar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xonqa tumani hohimining 2016-yil 15-fevraldagi 187-q-sonli Tuman hududidagi mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha yuridik subyektlar hamda fuqarolarga qarashli avtomototransportlarni 2016-yilgi texnika koʻrigidan oʻtkazish qaroriga muvofiq Xonqa sanatoriyasidan 2 ta avtomobil texnik koʻrig oʻtkazildi[3].

  1. https://leto.uz/hotels/uzbekistan/sanatoriums/khanka/
  2. 2,0 2,1 Xonqa tarixi. Komiljon Nurjonov. Mamalakat Jumaniyozova. Urganch. 2015.
  3. https://lex.uz/docs/-2502485?ONDATE=03.06.2021&ONDATE2=21.02.2014&action=compare