Qirqyop

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Qirqyop
qishloq
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Xorazm viloyati
Tuman Xonqa tumani
Iqlim turi keskin kontinental
Rasmiy til(lar)i oʻzbek tili
Konfessiyaviy tarkib musulmonlar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Pochta indeks(lar)i 220810[1]
Avtomobil kodi 90

Qirqyop – Oʻzbekistonning Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi qishloqlardan biri. Maydoni 0.36 ming kv km.

Etimologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qishloqning nomi suv bilan bogʻliq. Yaʼni uning bir tomonidan Xonqa arigʻi va boshqa tomonida Shovot kanali oqib oʻtadi. Shu sababli bu yerda ariq va kanallar koʻp va tarmoqlanib ketgan. Aholi tilida asta-sekin „qirq yop“ – „qirq“ koʻplik maʼnosida va „yop“ ariq yoki suv havzasi maʼnosidagi soʻz qoʻllana boshlagan[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qishloq nomi XIX—XX asrlarga taaluqli manbalarda, Xiva xonligi arxiv hujjatlarida uchraydi. Xonlik arxiv maʼlumotlarida qishloq maʼmuriy birlik sifatida qayd etilgan. Aholi Sherim Shayx, Avazbobo Soʻfi, Xudoynazarboy Niyozmuhammadboy va Avazmuhammadkoʻsa masjid qavmlariga birlashgan. Oʻsha davr Qirqyop aholisi asosdan dehqonchilik bilan shugʻullangan boʻlib, oʻrtaxol tarzda hayot kechirgan. G. P. Danilyevskiy kuzatuvlarida qishloq aholisi asosan xonlikdagi qazuv ishlari uchun boshqa hududlardan koʻchirib kelingan va unadan avval urushlar vaqtida qul qilib keltirilgan turkman va eroniylarning avlodlari ekanligini taʼkidlagan[3].

Hududiy boʻlinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qishloq tarkibida Paxtakor, Madaniy yer, Obod, Doʻrmon va Xonqaobod kabi mahallalardan iborat[3].

Aholisi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2013-yil maʼlumotlariga koʻra Qirqyopda 19 864 kishi istiqomat qilgan boʻlib shundan 19 853 kishi oʻzbek, 4 kishi rus va turkman, qozoq, tatar, tojik, belorus millatiga mansub[3].

Ijtimoiy soha obyektlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qishloqda 6 ta maktab, 3 ta bogʻcha, 80 dan ortiq savdo va xizmat koʻrsatish obyektlari va „Xonqa“ dam olish maskani joylashgan[4].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Нуржонов, Комилжон; Жуманиёзова, Мамлакат. Хонқа тарихи. “Хоразм” нашриёти. ISBN 978-9943-4488-1-0. 

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Xorazm viloyati aholi punktlari pochta indekslari“. https://www.goldenpages.uz/uz/pochta/khorezm_region_pochta/. Qaraldi: 9-oktyabr 2023-yil.
  2. Комилжон Нуржонов, Мамлакат Жуманиёзова & Хонқа тарихи, ss. 21–22.
  3. 3,0 3,1 3,2 Комилжон Нуржонов, Мамлакат Жуманиёзова & Хонқа тарихи, s. 22.
  4. Комилжон Нуржонов, Мамлакат Жуманиёзова & Хонқа тарихи, ss. 22–23.