Xoja Salim madrasasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Madrasa
Xoja Salim madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Holati Saqlanib qolmagan

Xoja Salim madrasasi Imom Qozixon guzarida joylashgan bo‘lib, 25 hujradan iborat bo‘lgan. O.Suxareva Xoja Salimning Xoja Karim va Xoja Halim ismli aka-ukalari bo‘lganini yozadi. „Tarixi Mullazoda“da Xoja Halimiddin Demuniy hijriy 416-yili (1025 — 1026) vafot etib, Xonaqohi So‘fiyon ro‘parasiga ko‘milgani to‘g‘risida gap borgan. Bu holatda Xoja Salim madrasasi ham qadimiy bo‘lib chiqmoqda.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. — B. 458.