Otaulla Xoʻjayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Xoʻjayev Otaulla, Xoʻjayev Otaxoʻja Poʻlatxoʻjayevich (1880, Buxoro — 1937.25.10, Toshkent) — Buxorodagi jadidchilik harakatining yirik namoyandasi, davlat va jamoat arbobi. Buxoroda Madrasa tahsilini olgan. Soʻngra Turkiyaga borib, akasi Usmon Xoʻja, Fitrat va boshqa bilan Istanbulda tahsil olgan (1909—13). "Tarbiyai atfol" maxfiy tashkiloti va Yosh buxoroliklar partiyasi faoliyatida qatnashgan. 1913—14 yillarda Buxoro amirligida jadid maktablari ochgan va muallimlik kilgan. Buning uchun Buxoro amiri Olimxon tomonidan taʼkibga uchragan va zindonda oʻtirgan (1915). X. BXSR Qarshi viloyati inqilobiy qoʻmitasi raisi (1920), BXSR ichki ishlar noziri (1921), BXSR Nozirlar Shoʻrosi raisi oʻrinbosari (1921— 23), raisi vazifasini bajaruvchi (1922 avg .—noyab.), tashqi ishlar noziri (1923). BXSRning Moskvadagi muxtor vakili (1922 y. yanvar—may). 1921 y. yozida X. boshchiligidagi maxsus komissiya Baljuvonda Davlatmandbek qoʻrboshi, Kamolbiy va Qayum toʻqsabo bilan BXSR hukumati nomidan muzokaralar oʻtkazgan va sulh shartnomasi imzolangan (1921 y. 12 avg .). 1920 yildan Buxoroda yashirin faoliyat koʻrsatgan "Milliy Ittihod" tashkiloti ishida faol qatnashgan. RKP(b)MK Oʻrta Osiyo byurosi kotibi Ya. E. Rudzutakning talabi bilan Fitrat va boshqa nozirlar qatorida oʻz lavozimidan olib tashlangan va BXSR hududidan surgun kilingan. Oʻrta Osiyoda milliyhududiy chegaralanish oʻtkazilgach, turli lavozimlarda ishlagan. BXSRning rahbar arboblari (jami 17 kishi) bilan birgalikda u qamoqda olingan (1937 y. 19 yanvar) va otishga hukm kilingan. 1965 y. 2 dek.da oqlangan.

Qahramon Rajabov.