Porso Xoʻjayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Xo'jayev Porsodan yoʻnaltirildi)

Xoʻjayev Porso, Porso Xoʻja Hasan (1867, Buxoro — 1937.25.10, Toshkent) — Buxorodagi jadidchilik harakatining namoyandalaridan biri, davlat va jamoat arbobi. Buxoroda Madrasa tahsilini olgan. 1905-yildan Buxorodagi jadidchilik va Yosh buxoroliklar safida Yangi usul maktablari ochish va jadid gazlari chiqarish, koʻplab qiroatxona va kutubxonalar tashkil etishda faol qatnashgan. 1918-yilmartdan Samarqand, Shaxrisabz, Qarshi, Buxoroda amirlik tuzumiga karshi kurashda ishtirok etgan.

Buxoro Xalk Sovet Respublikasi (BXSR) tuzilgach, Xatirchi va Karmana viloyatlari inqilobiy qoʻmitasi raisi (1920—21), BXSR dehqonchilik noziri va nozir oʻrinbosari (1921), Buxoro markaziy kasabalar ittifoqi raisi (1922), BXSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi raisi (1922-yil avgust—1924-yil noyabr). 1925-yildan Buxoro sh. ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Buxoro okrugida yer islohoti boʻyicha komissiya raisi, 1929-yildan Toshkentda yashagan, BXSRning rahbar arboblari bilan birgalikda millatchilikda ayblanib, 1937-yil 14 oktabrda otishga hukm kilingan, 1962-yil 26-noyabr

da oklangan.