Porso Xoʻjayev
Porso Xoʻjayev | |
---|---|
Tavalludi |
1867-yil |
Vafoti |
25-oktyabr 1937-yil (70 yoshda) Toshkent |
Kasbi | Pedagog |
Mukofotlari | Qizil yulduz ordeni |
Xoʻjayev Porso, Porso Xoʻja Hasan (1867-yil, Buxoro — 1937-yil 25-oktabr, Toshkent) — Buxorodagi jadidchilik harakatining namoyandalaridan biri, Buxoro XSR va Oʻzbekiston SSR davlat va jamoat arbobi, pedagog[1].
Hayoti va faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Porso Xoʻjayev 1867-yil Buxoro amirligining poytaxti Buxoro shahrida tavallud topgan. Buxoroda madrasa tahsilini olgan. 1890-yillardan jadidchilik gʻoyalariga qiziqa boshlagan. 1905-yildan Buxorodagi jadidchilik va „Yosh buxoroliklar“ safida yangi usul maktablari ochish va jadid gazetalarini chiqarish, koʻplab qiroatxona va kutubxonalar tashkil etishda faol qatnashgan. 1918-yil martdan Samarqand, Shahrisabz, Qarshi, Buxoroda amirlik tuzumiga qarshi kurashda ishtirok etgan.
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi (BXSR) tuzilgach, Xatirchi va Karmana viloyatlari inqilobiy qoʻmitasi raisi (1920—1921-yillar), BXSR dehqonchilik noziri va nozir oʻrinbosari (1921-yil), Buxoro markaziy kasaba ittifoqi raisi (1922-yil), BXSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi raisi (1922-yil avgust — 1924-yil noyabr) sifatida faoliay olib borgan. 1925-yildan Buxoro shahar ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari, Buxoro okrugida yer islohoti boʻyicha komissiya raisi boʻlib, 1929-yildan Toshkentda koʻchib oʻtgan.
Vafoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Porso Xoʻjayev BXSRning rahbar arboblari bilan birgalikda millatchilik va sovet davlatchiligiga qarshi harakatlarda ayblanib, 1937-yil 14-oktyabrda otishga hukm qilingan va shu yilning 25-oktabrida, 70 yoshida Toshkentda otib oʻldirilgan[2]. 1962-yil 26-noyabrda oqlangan.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Porso Xoʻjayev Buxoro Xalq Sovet Respublikasining 1-darajali Qizil yulduz ordeni bilan taqdirlangan[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Sultonov, Farxod; Bozorboyev, Farruh. O'zbekiston hukmdorlari. Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007-yil — 78-bet.
- ↑ . Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar, Moskva, 1926-yil.
- ↑ Xo'jayev, Fayzulla. Buxoro inqilobining tarixiga oid materiallar, Toshkent, 1997-yil.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
- 25-oktyabrda vafot etganlar
- 1937-yilda vafot etganlar
- Buxoro amirligida tugʻilganlar
- Toshkentda vafot etganlar
- Buxoro amirligi davlat arboblari
- Buxoroda tugʻilganlar
- Buxoro amirligi kishilari
- Buxorolik kishilar
- Buxoro madrasalarida tahsil olganlar
- Jadidlar
- Qatagʻon qurbonlari
- Yosh buxoroliklar
- Qizil Yulduz ordeni sohiblari