Xitoy Respublikasi (Tayvan) Markaziy banki

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xitoy Respublikasi (Tayvan) Markaziy banki
中央銀行
Bosh qarorgohi Taypey shahri Jongjeng tumani
Tashkil etilgan yili 1924 (Guanchjouda)
1928 (Shanxayda)
1961 (Taypeyda)
Mulkchilik shakli Xitoy Respublikasi hukumatining Ijro etuvchi yuani[1]
Governor Yang Chin-long
Markaziy banki Xitoy Taypeyi bayrogʻi Xitoy Taypeyi
Valyutasi Yangi Tayvan dollari
Foiz stavkasi 1.5% (2016-yil 22-may)
Vorisi Xitoy Xalq banki (Xitoyning materik hududida)
Veb sayti cbc.gov.tw (in English)

Xitoy Respublikasi (Tayvan) Markaziy banki,[2][3] ingliz tilida 1924-yildan 2007-yilgacha Xitoyning Markaziy banki sifatida tanilgan Xitoy Respublikasining markaziy banki boʻlib, dastlab Xitoyning materik qismida tashkil etilgan va keyin Tayvanga koʻchirilgan[4]. Uning xitoy tilidagi qonuniy va umumiy nomi tom maʼnoda "Markaziy bank" deb tarjima qilinadi. Markaziy bank Xitoy Respublikasi hukumatining Ijroiya yuaniga tomonidan boshqariladi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xitoyning materik qismida[tahrir | manbasini tahrirlash]

Guandun provinsiyasi Guanchjou shahridagi Xitoy Markaziy bankining bosh qarorgohi (1924-1927).
Vaytandagi sobiq rus-xitoy banki binosi, 1928-yildan 1949-yilgacha Shanxaydagi Xitoy Markaziy bankining bosh qarorgohi.

Bank dastlab 1923-yilda Guanchjoudagi Sun Yat-sen maʼmuriyati tomonidan taklif qilingan va bir yildan soʻng Xitoy Markaziy banki nomi bilan tashkil etilgan. Shimoliy ekspeditsiya muvaffaqiyatidan soʻng, Markaziy bank 1928-yilda bosh qarorgohi Shanxayda joylashgan Xitoy Bankidan Xitoyning markaziy banki rolini oldi. 1949-yilgacha u Xitoy banki, Aloqa banki va Xitoyning Fermerlar banki bilan bir qatorda Xitoyning "Katta toʻrtlik" milliy banklaridan biri sanalardi.

Tayvanda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xitoy Respublikasi (Tayvan) Markaziy banki bosh qarorgohi Taypey, Tayvan.

Tayvanning birinchi banki, Tayvan Banki, 1897-yilda Yaponiya mustamlakachiligi davrida orolning birinchi markaziy banki sifatida tashkil etilgan.

Ikkinchi jahon urushidan keyin Tayvan 1945-yilda Xitoy Respublikasiga qaytarildi va Xitoy fuqarolar urushida Xitoyning materik qismi Gomindan partiyasi tomonidan egallangandan soʻng, Xitoy Markaziy banki hukumat bilan birgalikda 1949-yil dekabrda Tayvanga koʻchirildi. 1961-yilda markaziy bank sifatida qayta tashkil etilgunga qadar, Tayvan banki Tayvanda amalda markaziy bank vazifasini bajargan. 1979-yil 8-noyabrda Xitoy Markaziy banki toʻgʻrisidagi qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Tayvan banki 2000-yilgacha, Xitoy Markaziy banki ushbu vazifani oʻz zimmasiga olgunga qadar yangi Tayvan dollarini muomalaga kiritdi. 2007-yilda Chen Shuy-Byan maʼmuriyati ostida nomida "Xitoy" soʻzi boʻlgan davlat korporatsiyalarining nomlari qatorida, masalan Chunghva Post kabi, Xitoy Markaziy bankining inglizcha nomi Xitoy Respublikasi (Tayvan) Markaziy banki deb oʻzgartirildi.

Tashkiliy tuzilmasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bank boshqarmasi
Gʻaznachilik boshqarmasi
  • Bank boshqarmasi
  • Emissiya boshqarmasi
  • Valyuta ayirboshlash boshqarmasi
  • Gʻaznachilik boshqarmasi
  • Moliyaviy nazorat boshqarmasi
  • Iqtisodiy tadqiqotlar boshqarmasi
  • Kotibiyat
  • Buxgalteriya hisobi boshqarmasi
  • Axborotni boshqarish boshqarmasi
  • Xodimlar idorasi
  • Etika idorasi
  • Huquqiy ishlar idorasi
  • Nyu-York shahridagi vakolatxonasi
  • London vakolatxonasi

Gubernatorlar roʻyxati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ismi Vakolat muddati Kunlar Hukumat rahbari
Xitoy Markaziy banki gubernatori (Gunachjou)
1 T. V. Sun (宋子文) 1924-yil 15-avgust 1928-yil fevral
Xitoy Markaziy banki gubernatori
1 T. V. Sun (宋子文) 1928-yil fevral 1931-yil dekabr
1932-yil fevral 1933-yil 6-aprel
2 Kun Syansi (孔祥熙) 1933-yil 6-aprel 1945-yil 26-iyul 4494
3 Yu Hongjun (俞鴻鈞) 1945-yil 26-iyul 1946-yil 6-fevral 195
4 Tsuyi Pey (貝祖貽) 1946-yil 6-fevral 1947-yil 28-fevral 387
5 Chan Kia-ngau (張嘉璈) 1947-yil 1-mart 1948-yil 21-may 447 Chjan Syun
6 Yu Hongjun (俞鴻鈞) 1948-yil 21-may 1949-yil 19-yanvar 243 Ven Venhao
Sun Fo
7 Liu Kong-yun (劉攻芸) 1949-yil 19-yanvar 1949-yil 24-iyun 156 Sun Fo
He Insin
Yan Sishan
8 Hsu K'an (徐堪) 1949-yil 24-iyun 1949-yil 5-oktabr 1199 Yan Sishan
9 Yu Hongjun (俞鴻鈞) 1950-yil 26-yanvar 1960-yil 1-iyun 3779 Yan sishan
Chen Chen I
Yu Hongjun
Chen Chen II
10 Hsu Po-yuan [zh] (徐柏園) 1960-yil 27-iyul 1969-yil 29-aprel 3198 Chen Chen II
Yan Szyagan
11 Yu Gohua (俞國華) 1969-yil 25-iyun 1984-yil 30-may 5453 Yan SzyaganYan Szyagan
Szyan Szingo
Sun Yunsyuan
Yu Gohua
12 Chang Chi-cheng [zh] (張繼正) 1984-yil 21-iyun 1989-yil iyun Yu Gohua
Li Huan
13 Hsieh Sam-chung [zh] (謝森中) 1989-yil iyun 1994-yil may Li Huan
Hao Botsun
Lyan Chjan
14 Lyan Goshu (梁國樹) 1994-yil 1-iyun 1995-yil 20-mart Lyan Chjan
15 Sheu Yuandun (許遠東) 1995-yil 20-mart 1998-yil 16-fevral 1064 Lyan Chjan
Vanchan Syao
16 Perng Faynan (彭淮南) 1998-yil 25-fevral 2018-yil 26-fevral 7306 Vanchan SyaoVanchan Syao
Tan Fey
Chjan Szyunsyun I
Yu Sikun
Frank Se
Su Chjenchan I
Chjan Szyunsyun II
Lyu Chjaosyuan
U Duni
Chen Chun
Szyan Ihua
Mao Chjigo
Chjan Shanchjen
Lin Szyuan
Uilyam Lay
17 Yan Chinlun (楊金龍) 2018-yil 26-fevral Hozirga qadar 2251 Uilyam Lay
Su Chjenchan II
Chen Szyanchen

Bank binosi kirishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bosh ofis binosiga Taypey metrosining Chan Kayshi Xotira zali bekatidan shimoli-gʻarbda piyoda yurish mumkin boʻlgan masofada joylashgan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yangi Tayvan dollari

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Weidner, Jan „The Organisation and Structure of Central Banks“ (PDF). Katalog der Deutschen Nationalbibliothek (2017).
  2. Welcome to the Central Bank of the Republic of China
  3. „Central bank latest to drop 'China' label“. Taipei Times (11-fevral 2007-yil), s. 1.
  4. „Central Bank of China changes English name“. The China Post (11-fevral 2007-yil). Qaraldi: 12-fevral 2007-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]