Guandun
| ||
Provinsiya | ||
---|---|---|
Maʼmuriy markazi | Guanchjou | |
Gubernator | Van Veychjun | |
Partqo'm kotibi | Xuan Kunmin | |
Rasmiy tili | xitoycha | |
Aholi (2020) | 126 012 510[1] (1-oʻrin) | |
Zichligi | 701,49 kishi./km² (7- oʻrin) | |
Maydoni | 179 800 km² | |
Balandligi dengiz sathidan Baland choʻqqisi |
Shikenkun, 1902 m | |
Vaqt mintaqasi | +8:00 | |
Qisqacha | xit. soddalashtrilgan 粤, pinyin: Yuè[2] | |
Kod ISO 3166-2 | CN-GD | |
Xaritada | ||
![]() | ||
Koordinatalari: 23°24′0″N 113°30′0″E / 23.40000°N 113.50000°E G O |
Guandun (xit. an’anaviy 廣東, soddalashtrilgan 广东, pinyin: Gwong²dung¹, pall.: Gwong²dung¹, so‘zma-so‘z: «Kuondun»)— Xitoy janubidagi provinsiya, Janubiy Xitoy dengizi sohilida. Mayd. 197,1 ming km2. Aholisi 71,4 mln. kishi (1998), aksariyati xitoy (xan)lar. Maʼmuriy markazi — Guanchjou (Kanton).
Jugʻrofiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Guandun hududi balandligi 1800—1900 m boʻlgan togʻ, qir hamda daryo vodiylaridagi pasttekisliklardan iborat.
Iqlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Iqlimi subtropik, jan.da tropik. Pasttekisliklarda yanvarning oʻrtacha temperaturasi 8—16 °C, iyulniki 26—28 C°. Yillik yogʻin miqdori 1200 — 2000 mm. Daryolari (Sitszyan, uning irmogʻi Beyszyan va b.) sersuv. G. hududining qariyb yarmi doim yashil oʻrmon (qaragʻay, kunningamiya, lavr va choy daraxtlari, evkalipt, xin va b.).
Iqtisod[tahrir | manbasini tahrirlash]
Iqtisodiyotida qishloq xoʻjaligi yetakchi oʻrinda, G. Xitoyning tropik ekinlar eqiladigan muhim rayoni. Asosiy qishloq xoʻjaligi ekini — sholi, shuningdek, batat, shakarqamish, moyli ekinlar (yer yongʻoq, soya, kunjut, kameliya, tung), mevali oʻsimliklar (sitruslar, banan, ananas, mango), jut, rami, sizal va b. yetishtiriladi. Ipakchilik rivojlangan. Chorvachiliqda koʻproq qoramol, choʻchqa va parranda boqiladi. Baliqchilik va baliq ovlash bilan ham shugʻullaniladi. Tuz olinadi.
Sanoat[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sanoatining yetakchi tarmogʻi — oziq-ovqat va toʻqimachilik. Foydali qazilmalardan bitumli slaneslar, volfram, marganes, surma rudalari va b. bor. Mahalliy koʻmir va temir rudasi asosida qora metallurgiya sanoati barpo etilgan. Har xil mashinasozlik korxonalari Guanchjou, Chjanszyan, Shantouda joylashgan. Kimyo va sellyuloza-qogʻoz sanoati rivojlangan.
Transport[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sitszyan daryosi va uning irmoqlarida kema qatnaydi. Dengiz portlari: Guanchjou, Chjanszyan, Shantou, Xaykou.
Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |