Biopsiya
Qiyofa
Biopsiya (bio... va yun. opsis—koʻrish, tekshirish)—davolash va kasallikni aniqlash maqsadida tirik odamning toʻqima yoki biror aʼzosidan bir qismini kesib olib tekshirish. Asosan xavfli oʻsmalar va qon yaratish tizimi kasalliklarini aniqlashda qoʻllanadi. Biopsiya ishlari olib borishda ham B.dan foydalaniladi. Toʻqima, biror aʼzoni qisman olib tashlash ham B. (davolash B.si) hisoblanadi. B. maxsus tibbiy asboblar (endoskop, qisqich, shpatel, jarroxlik pichogʻi) va jarrohlik usullari (punksiya, qirib olish va boshqalar) yordamida amalga oshiriladi. B.da organizmga zarar yetmaydi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |