Punksiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Punksiya (lot. punctio — sanchish) — davo yoki diagnostika maqsadida organizmdagi biror boʻshliq, tomir devo-ri, parenximatoz organ va boshqalarga shprits ignasi sanchish muolajasi. Diagnostik P. biror boʻshliq (mas, plevra)dagi suyuqlikni sitologik, biokimyo-viy, bakteriologik tekshirish, shuningdek, yirik tomirlar, orqa miya kanali va h.k. bosimini oʻlchash yoki boʻshliqqa biror modda yuborishda qoʻllanadi. Davo P.sidan koʻproq organizmdagi kasal aʼzodan patologik suyuklik yoki havoni chiqarib tashlash (mas, plevrit va boshqalarda) hamda dori yuborish va h.k.da foydalaniladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil