Kontent qismiga oʻtish

Xentog‘ to‘garakboshi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Xentog‘ to‘garakboshi
Ilmiy tasniflashUshbu tasnifni tahrirlash
Olam: Hayvonlar
Tip: Xordalilar
Sinf: Sudralib yuruvchilar
Oila: Agamasimonlar
Urugʻ: Phrynocephalus
Turlari: Xentog‘ to‘garakboshi
Xalqaro ilmiy nomi
Phrynocephalus rossikowi Nikolsky, 1898

Xentog‘ to‘garakboshi [1] ( lotincha: Phrynocephalus rossikowi)Oʻzbekiston va Turkmaniston xududida yashovchi toshkaltakesaklar oilasiga mansub kaltakesaklar turi sanaladi[2]. Ular o‘simliklari siyrak cho‘l biotoplarida yashaydi. Ular asosan kunduzgi faol bo‘ladilar. Bahorda urg‘ochi 3 tadan 5 tagacha tuxum qo‘yadi. Xentog‘ to‘garakboshi umurtqasizlar : asosan chumolilar va o‘rgimchaklar bilan oziqlanadi. Xavf bo‘lsa, ular butalar yoki uyalarga yashirinadilar.

Tana uzunligi 4-6 sm.Erkaklari urg‘ochilariga qaraganda yirikroqdir[3] . Tananing yuqori qismi qora dog‘lar bilan qizil-kulrang, pastki qismi esa oq rangda. Dumida cho‘zinchoq chiziqlari mavjud[4].

Insoniyatning dastlabki yashash joylarining rivojlanishi va pestisidlardan foydalanish natijasida bu tur qirilib ketgan. Xentog‘ to‘garakboshi Oʻzbekiston va Turkmaniston Qizil kitoblariga kiritilgan [2] . 1970-yillarda lokal populyasiyalarda kuniga 30 tagacha hisobga olinar edi. Hozirda aksariyat yashash joylarida yo‘q bo‘lib ketgan. So‘nggi marta 1978-yili Amudaryoning o‘ng sohilida Nukus shahri va Sultonuvays qoldiq tog‘ida topilganini qayd qilish mumkin[5].

Kichik turlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ikkita kichik turga ega:

  • Phrynocephalus rossikovi rossikawi
  • Phrynocephalus rossikovi shammakowi

Fevral oyidan noyabr oyigacha faol hayot kechiradi, o‘z inida jon saqlaydi va qishlaydi. Juftlashishi mart-aprel oylariga to‘g‘ri keladi. Yiliga 2-3 marta 2 tadan 5 tagacha tuxum qo‘yadi. Bolalari iyun-iyul oyida tuxumdan chiqadi. Keyingi yil bahorda jinsiy voyaga yetadi. Mayda hasharotlar (asosan chumolilar) va o‘rgimchaksimonlar bilan oziqlanadi.

Cheklovchi omillar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Cho‘l zonalarida qo‘riqlarning o‘zlashtirilishi, xususan, yerlarni sug‘orish, pestisidlarni qo‘llash.

Himoya choralari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Omon qolgan barcha mahalliy populyasiyalarni aniqlash, turlarning tarqalishi va qisqarishi sabablarini aniqlash kerak; ularni muhofaza qilish va tutqunlikda ko‘paytirishni tashkil etish.

Janubiy Orolbo‘yi (Qoraqalpog‘iston, Xorazm viloyati). O‘zbekistondan tashqarida: Shimoliy Turkmanistonning chegaradosh hududlari. Markaziy Turkmanistonda – boshqa kenja turi.

Balandligi dengiz sathidan 300 metrgacha bo‘lgan mayda toshli cho‘llarning o‘simligi siyrak dag‘al tuproqli, ba’zan qumli hamda qumoq tuproqli qismlari.

  1. Банников А. Г., Даревский И. С., Рустамов А. К. Земноводные и пресмыкающиеся СССР. Класс Пресмыкающиеся, или Рептилии. Отряд Ящерицы. Семейство Агамовые. Род Агамы. Род Круглоголовки — „читать онлайн“. Qaraldi: 2019-yil 12-noyabr.
  2. 2,0 2,1 „Хентаунская круглоголовка — Phrynocephalus rossikowi Nikolskij, 1899“. Qaraldi: 2019-yil 12-noyabr.
  3. „Банников А.Г., Даревский И.С., Рустамов А.К. Земноводные и пресмыкающиеся СССР. Класс Пресмыкающиеся, или Рептилии. Отряд Ящерицы. Семейство Агамовые. Род Агамы. Род Круглоголовки“. Qaraldi: 2019-yil 12-noyabr.
  4. Жизнь животных. В 7-ми т. / Гл. ред. В. Е. Соколов. Т. 5. Земноводные. Пресмыкающиеся / А. Г. Банников, И. С. Даревский, М. Н. Денисова и др.; Под ред. А. Г. Банникова. —2-е изд., перераб.—М.: Просвещение, 1985.—399с., ил., 32 л. ил.
  5. ХЕНТОҒ ТЎГАРАКБОШИ (PHRYNOCEPHALUS ROSSIKOWI) (Wayback Machine saytida 2022-08-05 sanasida arxivlangan) Redbook.uz
  • Банников А. Г., Даревский И. С., Рустамов А. К. Земноводные и пресмыкающиеся СССР / под ред. проф. А. Г. Банникова. — М.: Мысль, 1971. — 303 с.