Xaytrabod masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Xaytrabod masjidi
Xaytrabod masjidining umumiy koʻrinishi
Mamlakat  Hindiston
Shahar Haydarobod
Asoschi Xayrunisa Begim
Asosiy sana:
1626-yil[1]
Minoralar soni 2

Xayrtobod masjidi Hayratobodda joylashgan[1]. Bugungi kunda Xayrtobod masjidi atrofidagi hudud mashhur aholi punkti hisoblanadi. Bu hudud Hindistonning Haydarobod shahrining yirik biznes va IT markaziga aylangan[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xayrtobod masjidi Sulton Muhammad Qutbshoh VI(1612–1626) ning qizi Ma Saheba nomi bilan tanilgan Xayrunisa begim tomonidan 1626-yilda qurilgan. U masjidni ustozi Oxund Mulla Abdulmalik uchun qurdirgan.

Masjidga tutash hududa boʻsh gumbazli bino bor. Uning qabrdan xoli boʻlishining sababi shundaki, binoni Oxund oʻzini shu yerga dafn qilishlari uchun qurdirgan; u Makkada Haj ziyorati chogʻida vafot etgani sababli, gumbaz osti boʻsh qoldirilgan[2].

Xayruniso begim kuyovi Husaynshoh Validan malika uchun saroy, masjid va suv yig‘uvchi havza qurishni iltimos qilgan. Suv havzasi keyinchalik Xayrtobodning shimoliy qismida qurilgan Husayn Sagar nomi bilan mashhur boʻlgan[1].

Arxitekturasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Xayratobod masjidi va maqbarasi

Xayratobod masjidi Husayn Shoh Valiy tomonidan loyihalashtirilgan va qurilgan. Masjid oldida uch arkali teshik mavjud. Masjidning nozik minoralari koʻplab bezak ishlariga ega va jali (toʻr) ishlari ham koʻzga tashlanadi[3].

Bino INTACH AP, tomonidan Hindistonning madaniy meros obyekti deb eʼlon qilgan[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 1,2 Bilgrami, Syed Ali Asgar. Landmarks Of The Deccan, 1927 — 57-58 bet. 
  2. 2,0 2,1 „Andhra Pradesh Tourism“.
  3. „Khairatabad Mosque“ (1612).
  4. „INTACH“. 2011-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 5-sentyabr.