Xayriddin Sultonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Navigatsiya qismiga oʻtish Qidirish qismiga oʻtish
Xayriddin Sultonov
Flag of Uzbekistan.svg
 3–Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijodiy ishlar boʻyicha davlat maslahatchisi
Mansab davri
2002-yil 4-noyabr — 
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Asqar Meliboyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 19-yanvar 1956-yil (1956-01-19) (66 yosh)
Toshkent
Mukofotlari Shohrat rib.png Mehnat shuhrati ordeni

Sultonov Xayriddin Madriddinovich (1956.15.1, Toshkent viloyati Qibray tumani Tuzel qishlogʻi) — yozuvchi, publitsist.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ijodi[tahrir | manbasini tahrirlash]

S. oʻzining ocherk, hikoya va qissalarida, asosan, zamondoshlari hayotiga murojaat etib, ularning ruhiy olamidagi insoniy goʻzallikni, sodda, pokiza, mehnatkash kishilarning yaxlit obrazlarini yaratgan. S. tarixiy mavzularga ham murojaat etib, Navoiy, Ulugʻbek, Bobur, Abdulla Qodiriyga bagʻishlangan asarlar yezdi ("Boburning tushlari", qissa va xikoyalar). Bobur nomidagi Xalqaro ilmiy ekspeditsiya aʼzolari bilan birga qilgan safari taassurotlari asosida esa "Boburiynoma" maʼrifiy romanini yaratdi. S. mazkur asari bilan oʻzbek adabiyotida maʼrifiy roman janrini boshlab berdi. Asarlari nafis lirizm, tasvir madaniyati, tilining mayin, shirali va ranginligi bilan ajralib turadi. S. dramaturgiya va kinodramaturgiya sohalarida ham qalam tebratib, "Changak", Abdulla Qodiriyga bagʻishlangan "Moziydan bir sahifa" videofilmlari, shuningdek, yozuvchining romani asosida koʻp seriyali "Mehrobdan chayon" videofilmi ssenariysini yaratdi. Uning "Tushlarimda koʻrib yigʻlayman" va "Yozning yolgʻiz yodgori" ssenariylari asosida badiiy filmlar suratga olingan. "Sarhovuzning boʻylarida" (1992) pyesasi muallifi. A.SentEkzyuperi, Yu.Nagibin va V.Shukshinning hikoya hamda qissalarini oʻzbek tiliga tarjima qilgan. Ikkinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputata. "Shuhrat" medali (1996), "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotlangan (2003).[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]