Xaybartepa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xaybartepaoʻrta asr shahar xarobasi (910-asrlar). Qashqadaryo viloyati Koson tumanidagi Abron qishlogʻi chetida, Shullukteparyan 14 km masofada joylashgan. X. xarobalari 1 km uzunlikka choʻzilgan boʻlib, oʻrta qismida eni 400 m ni tashkil qilgan. Oʻrta asrlarda X. oʻrnida Afuron qishlogʻi boʻlgan. X.ning mustahkamlangan markaziy qismida bal. 11 m li qalʼa joylashgan. Bu yerdan 9—10-asrlarda qazilgan 10 dan ortiq quduq topilgan, ularning ayrimlaridan hozir ham foydalaniladi. X.da hayot moʻgʻullar istilosidan soʻng ham davom etgan.