Xafa qilma meni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
„Xafa qilma meni“
„Bolalar“ qoʻshigʻi
Chiqarilgan sanasi 2002
Yozib olingan 2002
Janr pop-rok
Leybl 03:53
Matn muallif(lar)i Tohir Sodiqov
Bastakor(lar) Tohir Sodiqov

Xafa qilma meni“ („Ming bor“ deb ham nomlanadi) — „Bolalar“ oʻzbek pop-rok guruhi ijro etgan qoʻshiq. Qoʻshiq matnini ham, kuyini ham guruh aʼzosi Tohir Sodiqov yozgan[manba kerak]. Tarona lya minor tonalligida yozilgan[1].

2020-yil guruh aʼzosi Husan Sodiqov oʻzining rasmiy YouTube kanalida „Xafa qilma meni“ qoʻshigʻini guruhning 2002-yilga qadar eʼlon qilingan, eski va yangi olti qoʻshiq hamda bir popurridan iborat „11-albom“ nomli albomiga uchinchi trek oʻlaroq kiritgan[2]. Ammo bu taronalar 2002-yilda albom shaklida eʼlon qilinmagan, balki shunchaki singl oʻlaroq chiqarilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Atayev, Nodir „Akkord zinalari“. Gitara chalishni oʻrganamiz. 2022-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-oktyabr 2022-yil.
  2. „"Болалар" гуруҳининг 11 чи оригинал альбоми“. YouTube (17-noyabr 2020-yil). Qaraldi: 24-oktyabr 2022-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]