Wolfgang Feiersinger

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Wolfgang Feiersinger
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 30-yanvar 1965-yil (1965-01-30) (59 yosh)
Tavallud joyi Saalfelden, Avstriya
Boʻyi 1.83 m
Ampluasi Himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Saalfeldner SK
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1989–1996 Austria Zalsburg 287 (14)
1996–2000 Borussia Dortmund 57 (0)
2000–2001 LASK Linz 25 (1)
2001–2002 Austria Zalsburg 18 (0)
2002–2004 PSV SW Zalsburg 42 (0)
2005–2006 SPG Saalfelden 1 (0)
Milliy terma jamoa
1990–1999 Avstriya 46 (0)
Boshqargan klublari
2003–2004 PSV SW Zalsburg
2005–2008 Avstriya Zalsburg U17
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Wolfgang Feiersinger (1965-yil 30-yanvarda tugʻilgan) — avstriyalik sobiq professional futbolchi, u Avstriya terma jamoasi va Zalsburg klubida himoyachi sifatida oʻynagan.

Klubdagi karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Feiersinger oʻzining professional futbolchilik faoliyatini 1986-yilda Avstriyaning "Zalsburg" jamoasida boshlagan va oʻn yil davomida klub safida toʻp surib, klubning eng muvaffaqiyatli davrida ikki marta chempionlikni qoʻlga kiritgan[1]. 1994-yilda u Zalsburg bilan UEFA kubogi finalida "Inter" ga qarshi oʻynagan. 1996-1997-yilgi mavsumda u Germaniyaning "Borussiya Dortmund" jamoasiga qoʻshiladi va ular bilan darhol Chempionlar ligasida gʻalaba qozonadi, u nomdor "Manchester Yunayted"ga qarshi yarim finalning ikkala oʻyinida ham oʻynadi, ammo yakuniy tarkibdan joy olmadi. Chunki Mattias Sammer jarohatidan qaytib, oʻz oʻrnini egallab oladi. Shunga qaramay Feiersinger ham oʻsha yili Dortmund bilan qit'alararo kubokni qoʻlga kiritdi.

2000-yilda u Avstriyaga qaytib keladi va LASK Linz bilan shartnoma imzoladi. U Linzda bir mavsumdan keyin Zalsburgga qaytib ketadi. Avstriya bilan yana bir mavsumdan soʻng u faoliyatini quyi ligadagi PSV SW Zalzburg klubida yakunladi.

Xalqaro karyerasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Feiersinger 1990-yilning avgustida Shveytsariyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida Avstriya terma jamoasi safida debyut qilib 46 ta o‘yinda maydonga tushadi, ammo birorta ham uchrashuvda gol urolmaydi[2]. Uning soʻnggi terma jamoadagi oʻyini 1999-yil aprel oyida San-Marinoga qarshi Yevropa chempionati saralash oʻyini boʻlgan. Feiersinger 1998-yilgi Jahon chempionatida Avstriya terma jamoasi a'zosi boʻlgan, u uchta oʻyinda ham ishtirok etgan. Shuningdek, u jahon chempionati saralashida 15 ta o‘yinda maydonga tushadi.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Feiersingerning qizi Laura Feiersinger ham professional futbolchi hisoblanadi. U Frankfurt FFC va Avstriya ayollar terma jamoasida oʻynaydi.

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avstriya Zalsburg

  • Avstriya Bundesligasi : 1993–94, 1994–95
  • Avstriya Superkubogi : 1994, 1995

Borussiya Dortmund

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „1988–1997: Austria Salzburg´s "Golden Years"“. Austria Salzburg. 2009-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 26-aprel.
  2. „Appearances for Austrian National Team“. RSSSF. Qaraldi: 2011-yil 26-aprel.