Laura Feiersinger

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Laura Feiersinger
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Laura Feiersinger
Tavallud sanasi 5-aprel 1993-yil (1993-04-05) (31 yosh)
Tavallud joyi Saalfelden, Avstriya
Boʻyi 1.65 m
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Eintracht Frankfurt
Raqami 27
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2001 SV Oftering
2001—2008 1. Sallfeldner SK
2007—2008 FC Pinzgau Saalfelden
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2008—2010 USK Hof 36 (9)
2010—2011 Herforder SV 18 (7)
2011—2016 Bayern Munich 62 (3)
2014—2016 Bayern Munich II 8 (4)
2016—2018 SC Sand 39 (5)
2018- Eintracht Frankfurt 64 (19)
Milliy terma jamoa
2010- Avstriya 94 (16)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2021-yil 2-oktyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (13-iyul uchun)

Laura Feiersinger (talaffuzi: Laura Fayerzinger) (1993-yil 5-aprelda tugʻilgan) — avstriyalik futbolchi, Germaniyaning Frauen-Bundesliga klubi " Ayntraxt Frankfurt " va Avstriya ayollar terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

USK Hof, 2008—2010[tahrir | manbasini tahrirlash]

Feiersinger oʻzining katta karyerasini Avstriya ligasining ÖFB-Frauenligasida USK Hof bilan boshlagan[1]. U klubda ikki yil oʻtkazib, 36 ta mavsum oʻyinda asosiy tarkibda maydnga tushgan va 9 ta gol urgan.

Herforder SV, 2010—2011[tahrir | manbasini tahrirlash]

Feyersinger Germaniya futbolining eng yuqori pogʻonasi boʻlgan Frauen-Bundesligada oʻynagan Herforder SV bilan shartnoma imzolagan. Bu harakat uning 18 yoshida uyini tark etishini sabab boʻlgan[2]. Herforder safida oʻynab, 18 ta mavsum oʻyinda maydonga tushgan, 7 ta gol muallifiga aylangan[3]. Fayersinger Frauen-Bundesligasidan 2-ligaga tushib ketganidan keyin klubni tark etgan.

"Bavariya", 2011—2016[tahrir | manbasini tahrirlash]

Feyersinger 2011-yilda Bundesliga vakili „Bavariya“ bilan shartnoma imzolagan[4][5][6]. Klubdagi birinchi yilida u Germaniyaning ayollar futbolidagi ikkinchi eng muhim unvoni boʻlgan DFB Pokal chempionligini qoʻlga kiritgan. 2014-yil mart oyida u ogʻir jarohat olgan yaʼni boldir va va toʻpigʻini sindirib jarohatlangan[7]. Biroq u 2015-yilda klub bilan shartnomasini uzaytira olgan[8]. U 2014-2015 va 2015-2016-yillarda Frauen Bundesliga chempionligini qoʻlga kiritgan[9]. 2016-yilda ketish vaqtida Feyersinger 62 ta mavsumiy oʻyinda maydonga tushgan[10].

SC Sand, 2016—2018[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fayersinger 2016—2017-yilgi mavsum oldidan doimiy oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun SC Sandga koʻchib oʻtgan[11]. Klubdagi birinchi mavsumida u 2016-17 DFB-Pokal Frauen uchun ikkinchi oʻrinni egallagan. U SC Sandni ikki mavsum, 39 ta mavsumiy oʻyin va 5 ta goldan soʻng tark etgan[12].

Frankfurt FFC, 2018—[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fayersinjer Bundesliga 1ning Frankfurt FFC jamoasi bilan shartnoma imzoladi. 2018-2019 yilgi mavsum oldidan ikki yillik shartnoma tuzilgan[13]. Klubdagi birinchi yilida u 21 uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urgan[14].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

2010-yildan buyon Avstriya terma jamoasi azosi[15][16]. Avstriya bilan u 2016-yilgi Kipr kubogini qoʻlga kiritgan. U saralashdan oʻtgan va Gollandiyada boʻlib oʻtadigan birinchi yirik turnir — UEFA Ayollar oʻrtasidagi Yevro-2017 musobaqasiga yoʻl olgan jamoaning asosiy oʻyinchilaridan biri boʻlgan. Jamoa juda yaxshi oʻynagan va yarim finalga chiqgan va Daniyaga penaltilar seriyasida magʻlub boʻlgan.

Xalqaro maydondagi gollar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Feiersinger — Avstriya terma jamoasi uchun urgan gollari
# Sana Manzil Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 23.06.2010 Anger

Avstriya

Turkiya 3-0 4-0 2011 FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralashi
2. 26.10.2011 Bruk an der Mur, Avstriya Armaniston 1-0 3-0 UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevro-2013 saralashi
3. 19.11.2011 Pombal, Portugaliya  Portugaliya 1-0 1-0
4. 5.04.2012 Wiener Noyshtadt, Avstriya 1-0 1-0
5. 21.09.2013 Vöcklabruck, Avstriya Bolgariya 2-0 4-0 2015 FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralashi
6. 2.06.2016 Oslo, Norvegiya Norvegiya 2-2 2-2 UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevro-2017 saralashi
7. 22.10.2016 Regensburg Germaniya Germaniya 1-2 2-4 Oʻrtoqlik
8. 12.06.2018 Ramat Gan, Isroil Isroil 6-0 6-0 2019 FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralash bosqichi
9. 27.02.2019 Larnaka, Kipr Nigeriya 3-1 4-1 Kipr ayollar kubogi 2019
10. 3.09.2019 Mariya Enzersdorf, Avstriya Shimoliy Makedoniya 1-0 3-0 UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevro-2022 saralashi
11. 19.11.2019 Qozogʻiston 3-0 9-0
12. 17.09.2021 Liepaya, Latviya  Latviya 6-1 8-1 2023 FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati saralashi

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Feiersinger yoshligida biatlon, yengil atletika, kros va futbol kabi sport turlarini sinab koʻrgan. U Avstriya sport maktabi modeliga (SSM) kirgan va 15 yoshida futbolchi sifatida ixtisoslashishga qaror qilgan[17]. Volfgang Fayersinger, uning otasi, sobiq futbolchi, Dortmundning „Borussiya“ sida oʻynab, chempionlar ligasida gʻolib chiqqan, shuningdek, Avstriya terma jamoasida oʻynagan[18].

Feiersinger, shuningdek, sport fanlari boʻyicha bakalavr darajasini olgan[19].

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Bavariya“
  • Bundesliga : Gʻolib 2014—2015, 2015—2016
  • DFB-Pokal : Gʻolib 2011—2012
Avstriya
  • Kipr ayollar kubogi : gʻolib 2016
Shahsiy yutuqlar
  • Avstriyada yilning eng yaxshi futbolchisi: 2012-yil
  1. „Laura Feiersinger“ (de). Sazburg Wiki. Qaraldi: 2019-yil 3-iyun.
  2. „Was macht diese Österreicherin beruflich?“ (de). woman.at. 2019-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-iyun.
  3. „Laura Feiersinger“ (de). Soccerway. Qaraldi: 2019-yil 3-iyun.
  4. „Feiersinger and Wenninger extend contracts“. FC Bayern. Qaraldi: 2019-yil 3-iyun.
  5. „"Bayern München klingt nicht schlecht"“ (de). DerStandard. Qaraldi: 2019-yil 3-iyun.
  6. Profile in Weltfussball
  7. „Laura Feiersinger: Ein Ball musste immer dabei sein“ (de). baden online. Qaraldi: 2019-yil 3-iyun.
  8. „Feiersinger and Wenninger extend contracts“. FC Bayern. Qaraldi: 2019-yil 3-iyun.
  9. „Laura Feiersinger“ (de). Soccerway. Qaraldi: 2019-yil 3-iyun.
  10. „Laura Feiersinger“ (de). Soccerway. Qaraldi: 2019-yil 3-iyun.
  11. „LAURA FEIERSINGER WECHSELT ZUM SC SAND“ (de). dfb.de. Qaraldi: 2019-yil 3-iyun.
  12. „Laura Feiersinger“ (de). Soccerway. Qaraldi: 2019-yil 3-iyun.
  13. „ÖSTERREICH-DUO ALS IDEALBESETZUNG“ (de). 1.FFC Frankfurt. Qaraldi: 2019-yil 3-iyun.
  14. „Laura Feiersinger“ (de). Soccerway. Qaraldi: 2019-yil 3-iyun.
  15. „Laura Feiersinger“ (de). Sazburg Wiki. Qaraldi: 2019-yil 3-iyun.
  16. Profile in UEFA's website
  17. „Laura Feiersinger“ (de). Sazburg Wiki. Qaraldi: 2019-yil 3-iyun.
  18. Feiersinger: Salzburg? Eine Lachnummer Kurier.at, 16.09.12
  19. „Laura Feiersinger: Ein Ball musste immer dabei sein“ (de). baden online. Qaraldi: 2019-yil 3-iyun.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]