Kontent qismiga oʻtish

Slough

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Slough (/sl/) (talaffuzi: Slau)— Angliyaning Berkshir shahridagi xuddi shu nomdagi unitar hokimiyatdagi yirik shahar va Salt Hilldan (Bukingemshir tarixiy okrugining[1] ichida, London shahrining markazidan 20 milya (32 km) uzoqlikda) gʻarbda joylashgan. U Temza vodiysida va London hududida M4, M40 va M25 avtomobil yoʻllari kesishmasida joylashgan. 2020-yilda shahar aholisi 164,793 kishidan iborat edi[2]. 2011-yilda tumanda 140 713 nafar aholi istiqomat qilgan[3].

A4 va Buyuk Gʻarbiy magistrallari shahar orqali oʻtadi. Crossrail yoʻli orqali London markaziga borish mumkin.

Slough aholisi Birlashgan Qirollikdagi etnik jihatdan eng xilma-xil aholiga ega boʻlib[4][5], 1920-yillardan buyon butun mamlakat va hatto butun dunyodan odamlarni mehnatga jalb qiladigan shahar hisoblanadi, bu esa uni yirik savdo markaziga aylantirishga yordam berdi. 2017-yilda ishsizlik darajasi 1,4 % ni tashkil etgan[6], bu Buyuk Britaniyadagi oʻrtacha ishsizlik darajasining 4,5 % ning uchdan bir qismi deganidir[7].

Slough Buyuk Britaniyadagi global kompaniyalarning bosh qarorgohlari joylashgan shaharlar ichida Londondan keyingi oʻrinda turuvchi eng yuqori konsentratsiyaga ega boʻlgan shahar hisoblanadi. „Slough Trading Estate“ Yevropadagi eng yirik sanoat mulki boʻlib, 400 ta korxonada 17 000 dan ortiq ish oʻrinlarini yaratilgan[8]. Shaharda Blackberry, McAfee, Burger King, DHL, Telefonica va Lego kompaniyalarining bosh ofislari mavjud[9].

Etimologiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sobiq GWR 6664 lokomotivi Sloughdagi dvigatel ombori yonida suratga olingan, 1955-yil oktyabr
1975-yilda[10] ochilgan Brunel avtovokzali va avtoturargohi hozirda „Hart of Slough“ loyihasi ustida ish boshlangan;igi sababli buzib tashlangan[11].
Slough High Street, 1978-yil

Bu nom birinchi marta 1195-yilda Slo sifatida qayd etilgan. Bu birinchi navbatda sharqdagi Upton va gʻarbdagi Chalvey oʻrtasida, taxminan „Crown Crossroads“ atrofidagi qishloq nomidan kelib chiqqan boʻlishi mumkin, u yerdagi Windsor (hozirgi A332) yoʻli Buyuk Gʻarbiy yoʻl bilan tutashgan[12]. 13-asrda qirol Genrix III Cippenham saroyida yashagandi. Slouughtdagi Upton sudining bir qismi 1325-yilda qurilgan, Langleydagi Avliyo Maryam cherkovi[13] 11-asr oxiri yoki 12-asr boshlarida qurilgan boʻlsa-da, u bir necha bor qayta tiklangan va kengaytirilgan.

Slough Charing Crossdan 20 milya (32 km) gʻarbda, London markazidagi Windzordan 2 milya (3 km) shimolda, Maidenheaddan 5 milya (8 km) sharqda, High Wycombedan 11 milya (18 km) janubi-sharqda va Reading okrugi shaharchasidan 19 milya (31 km) shimoli-sharqda joylashgan. Slough Buyuk London shahar hududida va Londonning Hillingdon va Hounslou bilan chegarasida, Hitrou aeroportidan 5 mil uzoqlikda oʻrnashgan. Yaqin atrofda yaʼni shimoli-sharqda Uhbridge va shimolda Beakonsfield shaharlari bor.

Hozir Sloughni tashkil etuvchi hududning aksariyati qadimda Bukingemshirning bir qismi boʻlgan, ammo Poyl hududi tarixan Midlesexda boʻlgan. Shahar Buyuk Gʻarbiy yoʻl boʻylab qishloqlarning kengayishi va birlashishi natijasida rivojlangan. Yillar davomida Slough juda kengayib, bir qator qishloqlarni qamrab ola boshlagan. Hozirda Slough shahar atrofida boʻlgan qishloqlar orasida Chalvey, Cippenham, Colnbrook, Langley, Poyle, Upton va Wexham mavjud.

Sloughda koʻplab boshlangʻich va oʻrta taʼlim maktablari mavjud. Bundan tashqari, Sharqiy Berkshire kolleji hududda oʻz kampusiga ega. Slough maktablari GCSE darajasida mamlakatdagi eng yaxshi taʼlim muassasalari ichida kuchli 10 talikka kiradi. 2011-yilda oʻquvchilarning 68,1 %i kamida 5 A*-C darajasi (ingliz tili va matematika bilan) bilan maktabni tugatgan. Respublikada oʻrtacha koʻrsatkich 58,9 % ni tashkil qiladi[14].

„Thames Valley University“(Temza vodiy universiteti) Slough kampusi hozirda Heart of Slough loyihasi tufayli yopilgan. Yangi kampus 2013-yilda Gʻarbiy London universiteti tarkibida ochilishi rejalashtirilgan edi. Biroq, 2022-yil mart oyi holatiga koʻra hech qanday oʻzgarishlar kuzatilmagan. Aslida universitetning avvalgi binosi sotib yuborilgan.

  1. „Parishes: Slough“. British History Online. Institute of Historical Research. Qaraldi: 11-oktabr 2020-yil.
  2. „Slough“. City Population De.. Qaraldi: 16-may 2022-yil.
  3. „Slough“. City Population. Qaraldi: 16-may 2022-yil.
  4. Focus on Ethnicity and Diversity. UK National Statistics. Retrieved 16 February 2008.
  5. Travis. „Office for National Statistics survey“ (23-sentabr 2010-yil).
  6. Bilton, Richard. „Slough: What is it like to live in 'immigration town'?“. BBC News (27-fevral 2017-yil).
  7. „Unemployment - Office for National Statistics“. www.ons.gov.uk.
  8. „Slough Estates petition to Parliament, Crossrail bill 2005–06“.
  9. „Centre for Cities“.
  10. p11, The Changing Face of Slough, Slough Museum, Breedon Books, Derby, 2003
  11. „Heart of Slough beats faster“ (24-mart 2010-yil).
  12. Fraser (1973), p. 4.
  13. „St Mary the Virgin Church“. findachurch.co.uk. 24-sentabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-avgust 2022-yil.
  14. „Skills & Education“. Slough Means Business. 2014-yil 8-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-yanvar 2014-yil.