Wilhelm Steinitz
Qiyofa
Wilhelm Steinitz | |
---|---|
![]() | |
Tavalludi | 14-may 1836 |
Vafoti | 12-avgust 1900 |
Fuqaroligi | AQSh, Avstriya imperiyasi[1] va Cisleithania |
Wilhelm Steinitz (1836, 14-may Praga-1900, 12-avgust Nyu-York) – shaxmat boʻyicha 1-jahon chempioni. 1862-83-yillarda Londonda, keyin 1883-yildan AQShda yashay boshlagan. 1886-yil Sukertort bilan matchda gʻolib chiqib chempion unvonini olgan. Bu unvonni 1890-yil MM. Chigorin va I.Gunsberg bilan boʻlgan matchlarda saqlab qolgan. 1872-yil London, 1873-1882-yil Vena va 1894-1897-yilgi NyuYorkdagi xalqaro turnirlarning gʻolibi. Steinitz jahon birinchiligi uchun boʻlgan matchda E. Laskerga yutqazdi. Shaxmatda pozitsion oʻyin nazariyasini ishlab chiqdi[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]![]() | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |