José Raúl Capablanca

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Xose Raul Kapablanka (isp. José Raúl Capablanca; Capablanca; 1888.19.11, Gavana, — 1942.8.3, Nyu-York) — kubalik shaxmatchi, diplomat. 3-jahon chempioni (1921—27). 4 yoshida shaxmatni oʻrganib, 14 yoshida Kuba chempioni boʻlgan va soʻng bir qator muvaffaqiyatlarga erishgan: jahon chempioni E. Lasker bilan boʻlgan matchni yutgan (1921), San-Sebastyan (1911), London (1922), Nyu-York (1927), Moskva (1936)da oʻtkazilgan xalqaro turnirlarda birinchi mukofotlarni qoʻlga kiritgan. 1936 y. Nottingemda M.M.Botvinnik bilan birga turnir gʻolibi boʻlgan. Shaxmat oʻyini texnikasini mukammallashtirishda K.ning xizmatlari katta. "Mening shaxmatdagi shuhratim", "Shaxmat oʻyini asoslari", "Shaxmat oʻyini darsligi" va b. kitoblari bor.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Andoza:Chess-stub