Wang Hao
| Medal soni | ||
|---|---|---|
| Xitoy vakili | ||
| Osiyo oʻyinlari | ||
| Oltin | 2010-yilgi Osiyo oʻyinlari | Erkaklar oʻrtasida |
Wang Hao (1989-yil 4-avgustda tugʻilgan) - xitoylik shaxmat grossmeysteri. 2009-yil noyabr oyida Wang 2700 reytingidan oʻtgan toʻrtinchi xitoylik shaxmatchiga aylandi.
2019-yilda Wang FIDE Grand Shveysariya turnirida g‘alaba qozonib, 2020-yilgi turniriga yo‘llanma oldi. Wang nomzodlar turniriga yo‘llanma olgan ikkinchi xitoylik shaxmatchiga aylantirdi. Wang 2021-yildagi turniri yakunida sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarga duch keladi. Shundan soʻng professional shaxmatdan ketishini e’lon qildi[1][2]. Biroq, Wang 2022-yilda yana oʻyinlarga qaytdi[3].
Grossmeysterlik unvoni
[tahrir | manbasini tahrirlash]Wang 2005-yilda 16 yoshida Xitoyning 20-grossmeysteriga aylandi.
Gata Kamsky singari, Wang Hao ham xalqaro shaxmat ustasi unvoniga ega boʻlmagan holda grossmeyster boʻldi. Hao uchta grossmeysterlik normasini ham qoʻlga kiritdi:[4]
- 2005-yil Aeroflot Open turniri. B guruhi. Moskva, Rossiya (14–24- fevral)
- 2005-yil Dubai Open turniri. Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari (4–12-aprel)2005-yil DatoʻArtur Tan Malaysian Open turniri. Kuala Lumpur, Malayziya (19-26-avgust)
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]1999-yilda Wang Ispaniyaning Oropesa del Mar shahrida oʻtkazilgan shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatining 10 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar toifasida uchinchi oʻrinni egalladi[5]. 2002-yil iyul oyida u Qingdao Zhongfand kubogini qoʻlga kiritdi. Keyingi oyda u Kuala-Lumpurda oʻtkazilgan 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi shaxmat olimpiadasida oltin medalni qoʻlga kiritgan Xitoy terma jamoasi safida 4-bortda oʻynadi[6] [7]. 2003-yilda Vang 14 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha jahon chempionatida Magnus Karlsenni magʻlub etdi[8]. 2004-yil iyul oyida Vang Hindistonning Kalikut shahrida boʻlib oʻtgan U-16 shaxmat olimpiadasida oʻz terma jamoasi bilan yana oltin medalni qoʻlga kiritdi. U birinchi doskada 8/9 ball toʻpladi, natijada unga shaxsiy oltin medal ham taqdim etildi va unumdorlik reytingi 2577 [9] [10] Xuddi shu oyda u Rossiyaning Yakutsk shahrida oʻtkazilgan "Osiyo bolalari" turnirida gʻolib chiqdi.
Xitoy shaxmat ligasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Wang Hao Xitoy shaxmat ligasida (CCL) Xebey shaxmat klubida oʻynagan[11].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Wang Pekin universitetining jurnalistika va aloqa maktabida oʻqidi[12].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „FIDE Candidates Tournament: 3 Winners In Final Round, Wang Hao Announces Retirement“. chess.com (2023-yil 23-iyun).
- ↑ Doggers (PeterDoggers). „FIDE Candidates Tournament: 3 Winners In Final Round, Wang Hao Announces Retirement“ (en-US). Chess.com. Qaraldi: 2021-yil 27-aprel.
- ↑ „Norway Chess Field Announced: Wang Hao Returns From Retirement“. chess.com (2022-yil 8-aprel).
- ↑ GM title applications: Wang Hao (Wayback Machine saytida 2017-09-09 sanasida arxivlangan) FIDE
- ↑ „World U10 Championship 1999“. Italian Chess Federation. Qaraldi: 2015-yil 27-avgust.
- ↑ Wojciech Bartelski. „2nd World Youth U16 Chess Olympiad: final standings“. OlimpBase. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-avgust.
- ↑ Wojciech Bartelski. „2nd World Youth U16 Chess Olympiad: China A team“. OlimpBase. 2016-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-avgust.
- ↑ „The 2020 Candidates: Wang Hao“. chess24.com. Qaraldi: 2020-yil 4-mart.
- ↑ Wojciech Bartelski. „4th World Youth U16 Chess Olympiad: final standings“. OlimpBase. 2016-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-avgust.
- ↑ Wojciech Bartelski. „4th World Youth U16 Chess Olympiad: tournament review and board standings“. OlimpBase. 2016-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-avgust.
- ↑ „雅戈尔杯中国国际象棋甲级联赛官方网站“. 2011-yil 28-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 15-dekabr.
- ↑ „PKU Student Wang Hao wins 2012-2013 FIDE Grand Prix Series _Peking University“. www.pku.iant.win. 2022-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-sentyabr.