Włodzimierz Lubański

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Włodzimierz Lubański
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Włodzimierz Leonard Lubański
Tavallud sanasi 28-fevral 1947-yil (1947-02-28) (77 yosh)
Tavallud joyi Gliwice, Polsha
Boʻyi 1.78 m (5 ft 10 in)
Ampluasi Hujumchi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1963—1975 Górnik Zabrze 234 (155)
1975—1982 Lokeren 196 (82)
1982—1983 Valenciennes 31 (28)
1983—1985 Stade Quimpérois 58 (14)
Milliy terma jamoa
1963—1980 Polsha 75 (48)
Boshqargan klublari
1984—1985 Stade Quimpérois
1985—1986 K.R.C. Mechelen
1987—1988 Lokeren
1990 PAS Giannina
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
Lubański 1981-yilda.
Lubański (oʻngda) Robert Levandowski va Gerard Cieślik bilan birga Chorzówdagi devoriy rasmda.

Włodzimierz „Włodek“ Leonard Lubański (talaffuzi: Vlodzimir Lubanskiy; 1947-yil 28-fevralda Glivitse-Sosnitsa shahrida tugʻilgan) — polshalik sobiq hujumchi[1]. Lubański 1963-yildan 1980-yilgacha milliy terma jamoasi safida 75 ta o‘yin o‘tkazib, 48 ta gol urgan. Polsha futbol tarixida Robert Levandowskidan keyingi ikkinchi eng ko‘p gol urgan futbolchi bo‘ldi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

1947-yilda Glivitsada tugʻilgan, futbolchilik faoliyatini oʻn yoshida Sośnica Gliwice oʻsmirlar jamoasida boshlagan. 1958—1962-yillar oraligʻida GKS Gliwice oʻsmirlar jamoasi tarkibida boʻlgan va 1963-yilda Górnik Zabrzeda professional futbolchilik faoliyatini boshlagan. Górnik Zabrze bilan 1963-, 1964-, 1965-, 1966-, 1967-, 1971- va 1972-yillarda Polsha chempionatida g‘olib chiqqan[2].

1975—1982-yillarda KSC Lokerenda, keyin esa 1982—1983-yillarda Valenciennes FCda oʻynagan[3].

1972-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlarida Polsha Olimpiada terma jamoasi bilan oltin medalni qoʻlga kiritdi[4].

1972-yilda SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi unvoniga sazovor boʻldi[5].

1978-yilgi Jahon chempionatida Polsha terma jamoasi bilan beshinchi oʻrinni egallagan.

Lubański uch oy Polonia Warshawda rahbar oʻrinbosari boʻlgan.

Lubański 1963-yil 13-noyabrda Yevropa kubogi (hozirgi UEFA Chempionlar ligasi) musobaqasining birinchi bosqichida Chexiyaning Dukla Praguega jamoasiga qarshi o‘yinda gol urgan klub tarixidagi eng yosh to‘purar hisoblanadi (yosh-u 16 yoshu 258 kun).

1997-yilda „Polshada sportni rivojlantirishga qoʻshgan ulkan hissasi uchunn Polonia Restituta ordeni bilan taqdirlangan[6].

2015-yilda Polsha Respublikasining „Buyuk xizmatlari uchun“ unvonini qoʻlga kiritgan[7].

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

1968-yilda Lubański Grażynaga (qizlik familyasi:Loreto) ga uylandi. Ularning ikki farzandi bor: oʻgʻli Michał va qizi Małgorzata[8].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

[9]

Klublar Liga Kubok Qitʼa Jami
Mavsum Klub Liga Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar Ishtirok Gollar
Polsha Liga Kubok Yevropa Jami
1962-63 Górnik Zabrze Ekstraklasa 8 4 1 0 - - 9 4
1963-64 23 12 1 0 4 1 28 13
1964-65 13 9 2 3 3 1 18 13
1965-66 18 23 5 7 2 3 25 33
1966-67 25 18 1 1 5 3 31 22
1967-68 24 24 4 6 6 4 34 34
1968-69 23 22 7 7 - - 30 29
1969-70 23 12 5 4 10 7 38 23
1970-71 21 10 4 6 7 8 32 24
1971-72 25 14 5 6 2 1 32 21
1972-73 18 2 - - 4 5 22 7
1973-74 1 0 - - - - 1 0
1974-75 12 5 - - - - 12 5
1975-76 Lokeren Belgiya Pro ligasi 34 17 2 1 - - 36 18
1976-77 29 11 3 2 3 1 32 14
1977-78 31 15 5 4 - - 36 19
1978-79 32 12 4 4 - - 36 16
1979-80 28 15 3 1 - - 31 16
1980-81 24 8 2 2 5 0 31 10
1981-82 18 4 1 0 1 0 20 4
1982-83 Valenciennes Diviziya 2 31 28 - - - - 31 28
1983-84 Quimper 33 7 - - - - 33 7
1984-85 25 7 - - - - 25 7
Jami 519 279 55 54 52 34 626 367

[10]

Polsha terma jamoasi
Yil Ishtirok Gollar
1963-yil 3 1
1964-yil 4 2
1965-yil 2 5
1966-yil 6 1
1967-yil 7 3
1968-yil 6 6
1969-yil 8 10
1970-yil 7 2
1971-yil 5 4
1972-yil 9 3
1973-yil 5 7
1976-yil 1 0
1977-yil 3 2
1978-yil 8 1
1980-yil 1 1
Jami 75 48

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Włodzimierz Lubański — dżentelmen polskiej piłki rfbl.pl
  2. „WŁODZIMIERZ LUBAŃSKI – CZŁOWIEK, O KTÓRYM MARZYŁ REAL MADRYT“ (pl). Qaraldi: 2022-yil 29-noyabr.
  3. Krzysztof Brommer. „Dwa jubileusze i mural w Sośnicy. Włodzimierz Lubański jak Kazimierz Górski“ (pl). gotowinasport.sts.pl. 2022-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 29-noyabr.
  4. Włodzimierz Lubański: Polska reprezentacja jest przeciętna. Nie oczekujmy od niej zbyt wiele dziennikzachodni.pl
  5. Panorama of the 1972 Sports Year (ru). Moscow: Fizkultura i sport, 1973 — 122—20124 bet. 
  6. „M.P. 1997 nr 62 poz. 593“ (pl). Qaraldi: 2022-yil 28-noyabr.
  7. „M.P. 2015 poz. 448“ (pl). Qaraldi: 2022-yil 28-noyabr.
  8. „Włodzimierz Lubański“ (pl). Qaraldi: 2022-yil 29-noyabr.
  9. „Wlodzimierz Leonard Lubanski - Matches in European Cups“. rsssf.com.
  10. „Wlodzimierz Leonard Lubanski - Goals in Xalqaro Matches“. rsssf.com.