Glivitse

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Glivitse

Shahar

Glivitse
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Flag
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
50°17′0″N 18°40′0″E / 50.28333°N 18.66667°E / 50.28333; 18.66667Koordinatalari: 50°17′0″N 18°40′0″E / 50.28333°N 18.66667°E / 50.28333; 18.66667
Mamlakat Polsha
Hukumat
 • [[]] mer
Ilk eslatilishi 1276
Avvalgi nomlari Gleiwitz
Maydon 133,85 km2
200 m
Aholisi
179 806 (2 018-yil)[1]
Vaqt mintaqasi UTC+1, yozda UTC+2
Telefon kodi (+48) 32
Pochta indeks(lar)i 44-100 dan 44-164 gacha
Avtomobil kodi SG
Xaritani koʻrsatish/yashirish
Glivitse на карте
Glivitse
Glivitse

Glivitse (polyakcha: Gliwice, silezcha: Glywicy, nemicha: Gleiwitz) — Polshaning janubidagi Sileziya voivodligidagi (viloyat) shahar. Aholisi 215 ming kishi (1990-yillar oʻrtalari). Temir yoʻl tuguni, Glivitse kanali boʻyidagi muhim daryo porti. Yuqori Sileziya toshkoʻmir havzasining eng muhim markazlaridan biri. Ogʻir mashinasozlik, elektrotexnika, metallurgiya, kimyo, poʻlat eritish korxonalari, koʻmir shaxtalari, politexnika instituti, ilmiy tadqiqot institutlari bor. Glivitse shahar sifatida 13-asr oxiridan maʼlum.

Tarixi[tahrir]

Shahar haqidia ilk eslatma 1276-yilga borib taqaladi. Oʻrta asrlarda Polshaning bir qismi boʻlgan. 1683-yilda Polsha qoʻshinlari Glivitsa orqali Vena jangiga yoʻl oldilar. Bu vaqtda shaharga Polsha qiroli va Litva Buyuk knyazi Yan III Sobieski tashrif buyuradi. 1742-yildan boshlab shahar Prussiya, 1871-yildan esa Gleiitz (nemicha: Gleiwitz) nomi bilan Germaniya tarkibida boʻlgan.

Birinchi jahon urushidan soʻng, Polshaning uchta Sileziya qoʻzgʻoloni (1919-1921) boʻlib, uchta plebisit oʻtkazildi. 1921-yil 20 martda boʻlib oʻtgan ovoz berishda aholi Polshaga yoki Germaniyaga tegishli boʻlishni xohlashi toʻgʻrisida qaror qabul qilishi kerak edi. 32 029 saylovchi (78,7 % ovoz) Germaniyada qolishni, 8558 kishi (21,0 %) Polshaga koʻchishni yoqladilar. 113 ovoz (0,3 %) haqiqiy emas deb topildi. Saylovlarda ishtirok etish darajasi 97,0 foizni tashkil etdi.

Ushbu shahar yaqinida (oʻsha paytdagi Polsha-Germaniya chegarasida joylashgan), Germaniya maxsus xizmatlari 1939-yil 31-avgustdan 1-sentyabrga oʻtar kechasi provokatsiya uyushtirishadi. Polsha harbiy formasi kiygan bir guruh odamlar tomonidan Gleyvits radiostansiyasini bosib olinadi va keyinchalik bu voqea Vermaxt Polshani bosib olish uchun bahona sifatida foydalanilgan epizodlardan biri boʻladi.

1945-yil yanvar oyida shaharda 55000 kishi yashagan. Mart oyida shahar Polsha tasarrufiga oʻtadi va Glivitse nomini oladi. 18 martda shahar Sileziya voyvodligining tarkibiga kiritiladi. 1945-yil may oyida shaharga birinchi polyaklar joylashdilar. 1945-yil 6-avgustda Polsha hukumati mahalliy aholini Germaniyaning Britaniya bosib olgan zonasiga rasmiy ravishda chiqarib yuborishni boshlaydi.

Iqtisodiyoti[tahrir]

Erkin iqtisodiy zonada joylashgan shaharda General Motors avtomobil zavodi — General Motors Manufacturing Poland joylashgan.

Madaniyat va sport[tahrir]

2019-yil 6-mart kuni Evropa teleradioeshittirishlar ittifoqi 2019-yil 24-noyabr kuni Glivitsa shahrida „Junior Eurovision“ qoʻshiq tanlovining final bosqichi „Glivice Arena“da boʻlib oʻtishini eʼlon qildi.

2019-yil Polsha chempioni boʻlgan „Piast“ futbol klubi ushbu shaharda joylashgan.

Gallereya[tahrir]

Panorama

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  1. Wyniki badań bieżących. Baza Demografia. Główny Urząd Statystyczny (2018). 2019-06-04.