Wílmar Barrios

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Wílmar Enrique Barrios Terán (talaffuzi: Vilmar Enrike Barrios Teran) — 1993-yil 16-oktabr sanasida Kolumbiyaning Kartaxena shahrida tugʻilgan. Rossiyaning Sankt-Peterburgning „Zenit“ klubi va Kolumbiya terma jamoasi yarim himoyachisi. 2016-yilda Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi. 2018-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi.

Wilmar Barrios
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Wilmar Enrique Barrios Terán
Tavallud sanasi 16-oktyabr 1993-yil (1993-10-16) (30 yosh)
Tavallud joyi Cartagena, Kolumbiya
Boʻyi 1.78 m
Ampluasi yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Zenit Saint Petersburg
Raqami 5
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2016 Deportes Tolima 102 (3)
2016—2018 Boca Juniors 48 (1)
2019- Zenit Saint Petersburg 103 (3)
Milliy terma jamoa
2016 Kolumbiya U23 9 (0)
2016- Kolumbiya 53 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(24-oktabr 2022-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (27-sentabr 2022-yil (utc) uchun)

Jamoalardagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Wílmar Barrios „Deportes Tolima“ klubi tarbiyalanuvchisi. 2013-yil 24-fevralda „Boyacá Chicó“ga qarshi oʻyinda Mustang kubogida debyut qildi[1]. 2014-yilda Kolumbiya kubogi sohibiga aylandi. 2015-yil 17-may kuni „Jaguares de Córdoba“ga qarshi kechgan duelda u „Deportes Tolima“ safidagi ilk golini urdi[2]. Oʻsha yilning yozida Wílmar Barrios Argentinaning „Boca Juniors“ jamoasiga oʻtdi. Transfer summasi 2,7 million yevroni tashkil qildi. 29-oktabr kuni Temperliga qarshi oʻyinda u Argentina Primerasida Pablo Peresning oʻrniga ikkinchi boʻlimda debyut qildi[3]. 11-dekabr kuni „Estudiantes“ga qarshi duelda u „Boca Juniors“ safidagi ilk golini urdi[4]. 2017-yilda Wílmar Barrios klubga ligada gʻolib chiqishga yordam berdi.

Milliy terma jamoa safida[tahrir | manbasini tahrirlash]

2016-yilning yozida Wílmar Barrios Kolumbiya olimpiya terma jamoasi tarkibida Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etdi[5][6]. Turnirda u Shvetsiya, Yaponiya Nigeriya va Braziliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan[7][8].

7-sentabr kuni Braziliya terma jamoasiga qarshi JCh-2018 saralash bahsida Kolumbiya terma jamoasi safida debyut qildi[9].

2018-yilda Wílmar Barrios Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etdi[10][11][12]. Turnirda u Yaponiya, Polsha va Angliya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2022-yil 28-sentabr kuni Meksikaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida (3:2) terma jamoa safida debyut va gʻalaba golini kiritdi[13].

Statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoa Mavsum Liga Kubok Xalqaro kubok Jami
Oʻyin Gol Uzatma Oʻyin Gol Uzatma Oʻyin Gol Uzatma Oʻyin Gol Uzatma
Deportes TolimaKolumbiya bayrogʻi Kolumbiya 2013 11 0 0 12 0 0 23 0 0
2014 36 0 2 13 1 0 49 1 2
2015 37 3 1 8 0 0 4 0 0 49 3 1
2016 18 0 1 5 1 0 23 1 1
Jami 102 3 4 38 2 0 4 0 0 144 5 4
C. A. Boca JuniorsArgentina bayrogʻi Argentina 2016-2017 19 0 3 1 0 0 20 0 3
2017-2018 23 1 0 4 0 0 4 0 0 31 1 0
2018-2019 6 0 0 2 0 0 8 0 0 16 0 0
Jami 48 1 3 7 0 0 12 0 0 67 1 3
Zenit de San PetersburgoRossiya bayrogʻi Rossiya 2018-2019 10 1 0 - - - 4 0 0 14 1 0
2019-2020 26 1 0 4 0 0 6 0 0 36 1 0
2020-2021 25 0 1 1 0 0 6 0 0 32 0 1
2021-2022 27 0 1 2 0 0 8 0 0 37 0 1
2022-2023 10 0 0 1 0 0 0 0 0 11 0 0
Jami 98 2 2 8 0 0 24 0 0 130 2 2
Umumiy karyerasida   248 6 9 53 2 0 40 0 0 341 8 9

Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Jamoaviy yutuqlari

Deportes Tolima

  • Kolumbiya kubogi sohibi: 2014-yil

Argentina bayrogʻi „Boca Juniors“

  • Argentina chempioni: 2016-2017, 2017-2018
  • Libertadores kubogi finalchisi: 2018-yil

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Бояка Чико VS. Депортес Толима 3:0“ (inglizcha). soccerway.com (24-fevral 2013-yil). 7-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-dekabr 2015-yil.
  2. „Депортес Толима VS. Хагуарес де Кордоба 5:0“ (inglizcha). soccerway.com (17-may 2015-yil). 7-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-dekabr 2015-yil.
  3. „Бока Хуниорс VS. Темперлей 4:0“ (inglizcha). soccerway.com (29-oktabr 2016-yil). 9-yanvar 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-yanvar 2017-yil.
  4. „Эстудиантес VS. Бока Хуниорс 0:1“ (inglizcha). soccerway.com (11-dekabr 2017-yil). 9-yanvar 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-yanvar 2018-yil.
  5. „Швеция (до 23) VS. Колумбия (до 23) 2:2“ (inglizcha). soccerway.com (5-avgust 2016-yil). 11-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-sentabr 2016-yil.
  6. „Колумбия (до 23) VS. Нигерия (до 23) 2:0“ (inglizcha). soccerway.com (11-avgust 2016-yil). 28-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-sentabr 2016-yil.
  7. „Бразилия (до 23) VS. Колумбия (до 23) 2:0“ (inglizcha). soccerway.com (14-avgust 2016-yil). 28-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-sentabr 2016-yil.
  8. „Япония (до 23) VS. Колумбия (до 23) 2:2“ (inglizcha). soccerway.com (8-avgust 2016-yil). 10-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-sentabr 2016-yil.
  9. „Бразилия VS. Колумбия 2:1“ (inglizcha). soccerway.com (7-sentabr 2016-yil). 10-sentabr 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-sentabr 2016-yil.
  10. „Колумбия VS. Англия 1:1“ (inglizcha). soccerway.com (3-iyul 2018-yil). 4-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyul 2018-yil.
  11. „Польша VS. Колумбия 0:3“ (inglizcha). soccerway.com (24-iyun 2018-yil). 4-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyul 2018-yil.
  12. „Колумбия VS. Япония 1:2“ (inglizcha). soccerway.com (19-iyun 2018-yil). 4-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-iyul 2018-yil.
  13. „Mexico - Colombia, Sep 28, 2022 - International Friendlies - Match sheet“ (inglizcha). www.transfermarkt.com. Qaraldi: 28-sentabr 2022-yil.