Volid ibn Utba ibn Robiʼa
Valid ibn Utba ibn Robiʼa | |
---|---|
عتبة بن ربيعة | |
Tavalludi |
hijriy 563-yil |
Vafoti |
hijriy 624-yil, 13-mart (60–61 yoshlarda) Badr jangi, Hijoz, Arabiston |
Bolalari |
Abu Huzayfa ibn Utba Valid ibn Utba Hind bint Utba |
Otasi | Utba ibn Robiʼa |
Onasi | Q124790935? |
Valid ibn Utba ibn Robiʼa (hijriy 624-yilda vafot etgan) – Utba ibn Rabi’aning oʻgʻli, Abu Huzayfa ibn Utba va Hind binti Utbaning ukasi. Xuddi otasi kabi Valid ibn Utba ibn Robi’a ham Muhammad va Islomga qarshi edi.
Valid ibn Utba ibn Robi’a makkalik shafqatsiz jangchi boʻlib, Badr jangi boshlanishidan avval oʻtkazilgan pahlavonlar bellashuvida Ali ibn Abu Tolib tomonidan oʻldirilgan. Valid ibn Utba ibn Robi’a, uning otasi Utba va amakisi Shayba Makka qoʻshidan boʻlgan Hamza ibn Abdulmuttalib, Ali ibn Abu Tolib va Ubayda ibn Horisga qarshi jang qilgan uchta eng yaxshi jangchilar edi. Jangovar toʻqnashuvda Valid ibn Utba ibn Robi’a Ali ibn Abu Tolib tomonidan, Validning otasi Utba Hamza ibn Abdulmuttalib tomonidan, amakisi Shayba Ubayda ibn Horis tomonidan oʻldirilgan.
Badr jangi va Validning oʻlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Valid ibn Utba ibn Robi’aning otasi Utba ham Badr jangida halok boʻlgan, bu haqida Sunan Abu Dovud hadislar toʻplamida rivoyat keltirilgan. Unda Ali ibn Abu Tolibdan iqtibos keltiriladi:
- (Badr jangida) Utba ibn Robi’a, uning ortidan oʻgʻli va ukasi kelib: „Sizlardan qaysi biringiz anʼanaviy uch pahlavon jangida bizga daʼvat qiladi?“ Ansorlarning bir necha yigitlari uning daʼvatiga javob berishdi. Utba ulardan soʻradi: „Sizlar kimsizlar?“ Ular javob berishdi: „Siz jasursiz. Lekin biz tengdoshlarimiz, tengqurlarimiz, bizga xiyonat qilgan qurayshlik ittifoqchilaringiz bilan yuzma-yuz kelishni kutmoqdamiz!“ Hamza ibn Abdulmuttalib qilichini olib, oʻzining yoniga ikki kishini, men va Ubayda ibn Horisni chaqirdi. Hamza toʻgʻri Utba tomon yoʻl oldi. Bir necha zarbadan keyin Utba yerda yotardi[1].
Ikkala qoʻshindan ham pahlavonlar paydo boʻlishni boshladi. Mushriklarlardan Utba ibn Robi’a, birodari Shayba va oʻgʻli Validlar maydonga chiqishdi. Ansorlar safidan chiqqan jangchilarni koʻrgan mushriklar ular bilan urushishni rad etib, qurayshliklar chiqishini talab qildi. Muhammad ansorlardan Ubayda ibn Horis, Hamza ibn Abdumuttalib, Ali ibn Abutolibni oldinga chiqardi. Hamza ibn Abdulmuttalib raqibi Utba ibn Robi’ani, Ali ibn Abu Tolib raqibi Valid ibn Utbani oʻldirdi, biroq Ubayda ibn Horis bilan Shayba ibn Robi’a bir-birini yarador qildi. Hamza bilan Ali yordamga kelib, Utbani oʻldirdi va yarador Ubaydani Muhammadning chodiriga olib keldi. Muhammad uning boshini tizzasiga olib, jangda shahidlik darajasiga yetganini aytdi.
Shundan keyin ikkala qoʻshin ham raqib tomonga qarata oʻq otib, bir-biriga qarshi hujum qila boshladilar. Hujum boshlanishidan oldin Muhammad askarlarni namozdagidek bir tekis boʻlib turishini, dushman hujumiga qarshi oʻq uzishlarini, toki dushman qilich yalangʻochlab kelmaguncha, ularning oʻzlari oldinga bormasliklarini aytdi[2][3][4]. Musulmonlar qoʻshini „Ya mansur amit!“ deb baqirdi[5]. Bir soatdan ortiqroq davom etgan jangda mushriklar magʻlub boʻla boshladi. Ular betartib ravishda qocha boshlashdi. Musulmonlar ularning ortidan quvib, bir qanchasini qilichdan oʻtkazdi, yana bir qanchasini asirga oldi. Badr gʻazotida musulmon jangchilar ham shahid boʻldi. Mushriklardan yetmish nafari oʻldirildi, yana yetmish nafari asirga olindi. Jangda musulomonlar mushriklar ustidan gʻalaba qozondi[6].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „abudawud Book 14, Number 2659“. 2000-yil 18-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Sunan Abu Dawud: Book 14, Number 2658“. Usc.edu. 2010-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 16-sentyabr.
- ↑ Armstrong, p. 176.
- ↑ Lings, p. 148.
- ↑ "O thou whom God hath made victorious, slay!"
- ↑ „Katta Badr g'azoti“. 2024-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 6-fevral, 2024-yil.