Vladimir Filatov (futbolchi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Vladimir Dmitriyevich Filatov (1949-yil 6-may) — sovet futbolchisi va darvozaboni.

Tarjimayi holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vladimir Filatov 1968-yilda Zarafshon jamoasida (Navoiy) toʻp surishni boshlagan. Keyingi besh mavsumda u Zarafshon tarkibida 100 ga yaqin oʻyin oʻtkazdi.

1972-yilgi mavsumda Oʻzbekiston SSRning yetakchi jamoasi — „Paxtakor“ ga oʻtdi. Toshkent klubi tarkibida 1972-yilda birinchi ligada, 1973-yildan esa oliy ligada oʻynagan. Filatov 1973-yil 28-oktyabrda „Zorya Lugansk“ ga qarshi debyut uchrashuvini eng yuqori saviyada oʻtkazdi[1]. 1974-1975-yillarda u klubning asosiy darvozaboni boʻlib, har mavsumda 22 ta oʻyin oʻtkazgan. 1975-yilda Filatov „Dinamo“ (Kiyev futbol klubi) bilan (1:0 safarda va uyda 5:0) gʻalaba qozongan oʻyinlarda qatnashdi, bu klub tarixidagi eng yaxshi oʻyinlar sanaladi[2]. Biroq 1975-yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, „Paxtakor“ oliy ligadan chiqib ketdi. 1976-yilda Filatov birinchi ligada klubning asosiy darvozaboni boʻlib qoldi, ammo keyinchalik tarkibdagi oʻrnini yoʻqotdi. Darvozabon Vladimir Filatov „Paxtakor“ tarkibida mamlakat chempionatlarida 74 ta o‘yin o‘tkazgan bo‘lsa, shundan 46 tasi oliy liga oʻyinlari boʻlgan.

1978-1979-yillarda ikkinchi ligada „Paxtachi“ (Guliston), 1980-1984-yillarda esa Jizzaxning „Boʻston-Zvezda“ (hozirgi „Soʻgʻdiyona“) jamoasida birinchi ligada 163 ta oʻyin oʻtkazgan. Keyin esa ikkinchi ligada „Sohibkor“ va Toshkentning „Traktor“ jamoalarida oʻynadi. „Sohibkor“ tarkibida ikki marta ikkinchi liga turnirida g‘olib chiqqan, „Traktor“ tarkibida 1988-yilda O‘zbekiston SSR kubogini qo‘lga kiritgan[3].

Faoliyatining oxirida u APC (Azov) va Rostov viloyati havaskor jamoalarida oʻynagan. APC tarkibida Filatov 1990-yilda RSFSR kubogi sohibi boʻlgan. 1989-yilda Gornyak (Gornyatskiy) jamoasi tarkibida u RSFSR KFK chempionatining zona turnirida gʻolib chiqqan[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Paxtakor“ Tashkent 1 : 2 „Zarya“ Voroshilovgrad
  2. „Вылетать — так с музыкой“. 2018-yil 27-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-avgust.
  3. „Пахтакор, Пахтакор времен СССР“. 2018-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-avgust.
  4. „ПРЕДСТАВЛЯЕМ НАШУ КОМАНДУ“. 2020-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-avgust.