Vitaliy Kalashnikov (shoir)
Vitaliy Kalashnikov | |
---|---|
Tavalludi |
Виталий Анатольевич Калашников 1958-yil 18-noyabr |
Vafoti |
2012-yil 11-yanvar Dubna shahri, Rossiya |
Ijod qilgan tillari | Rus tili |
Fuqaroligi | SSSR→ Rossiya |
Vitaliy Anatolyevich Kalashnikov (1958-yil 18-noyabr, Xadijensk shahri – 2012-yil 11-yanvar, Dubna shahri) – rus shoiri, nosir, tarjimon, " Zaozernaya maktabi " sheʼriy guruhining asoschilaridan biri.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Vitaliy Anatolyevich 1958-yil 18-noyabrda Krasnodar viloyati, Apsheronskiy tumani, Xadijensk shahrida tugʻilgan.
Rostov universitetining falsafa fakultetini tamomlagan[1].
Shoir bir muddat Rostov-Don va Azovda (Tanais arxeologik qoʻriqxonasida) yashagan, u yerda „Zaozernaya maktabi“ sheʼriyat guruhining asoschilaridan biri boʻlgan (Gennadiy Jukov, Vitaliy Kalashnikov, Igor Bondarevskiy, Vladimir Ershov, Aleksandr Brunko). Boʻlajak shoirning 1989-yilda „Stixotvoreniya“ nomli ilk she’riy to‘plami nashr etilgan. Toʻplamni koʻrib chiqqan A. Marchenko, guruhning eʼlon qilingan tamoyillariga eng yaqin boʻlgan aʼzosi Kalashnikov ekanligini taʼkidlagan[2].
Kalashnikov zargarlik keramikasi bilan shugʻullangan. Moskvaga koʻchib oʻtgandan keyin Vitaliy oʻz zargarlik ustaxonasiga ega boʻlgan. Yevropaning koʻplab mamlakatlari, xususan, Yaponiya, Amerika, Fransiyada aynan oʻsha ustaxonada yaratilgan asarlar koʻrgazmalari oʻtkazilgan[3].
Vitaliy Kalashnikov Grushinskiy festivali madhiyasining hammuallifi (A. Kozlovskiy bilan birga)[4].
Shoir umrining soʻnggi yillarida Moskvada yashagan. 2012-yil 11-yanvar kuni Dubna shahrida[5] 6-yanvardan 7-yanvarga oʻtar kechasi sodir boʻlgan koʻcha hujumi natijasida hushiga kelmay vafot etgan. Vitaley Anatolyevich Nedvigovka fermasi (Tanais) qabristoniga dafn qilingan[6]. Shoirning qotili 2012-yilning avgust oyida sud qaroriga binoan 10 yilga ozodlikdan mahrum etilgan[7].
Anatolyevichning pyesalari asosida bir nechta filmlar suratga olingan. Jumladan yozuvchining asari asosida 2016-yilda aktyor va rejissyor I. Karpov („Pod derevom“ teatri) „Sni Tanaisa“ nomli yakkaxon spektaklni sahnalashtirgan[8].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Виталий Калашников: здесь, под античным небом Танаиса // С. Медведев, Prosodia“. 2023-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-aprel.
- ↑ „До Танаиса и обратно // А. Марченко, Лит. обозрение, 1990, № 4, стр. 78“. 2023-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-aprel.
- ↑ Gaydashova K. Na anglichan oni bili poxoji ( at www.km.ru Error: unknown archive URL 20160304195618 sanasida arxivlangan) // www.km.ru. – 2008. – 28 iyulya
- ↑ Sobstv. korr. Zaderjan podozrevaemiy v ubiystve poeta Vitaliya Kalashnikova ( at www.newizv.ru Error: unknown archive URL 20130312061759 sanasida arxivlangan) // Novie izvestiya. – 2012. – 16 yanv.
- ↑ Sobstv. korr. Zaderjan podozrevaemiy v ubiystve poeta Vitaliya Kalashnikova ( at www.newizv.ru Error: unknown archive URL 20130312061759 sanasida arxivlangan) // Novie izvestiya. – 2012. – 16 yanv.
- ↑ Bityutskiy S. Ushyol iz jizni poet Vitaliy Kalashnikov // Gorod N. – 2012. – 14 fevr.
- ↑ Sobstv. korr. Ubiysu poeta V. Kalashnikova prigovorili k 10 godam kolonii ( at top.rbc.ru Error: unknown archive URL 20120815185946 sanasida arxivlangan) // RBK. – 2012. – 13 avg.
- ↑ „В провинции у моря… // А. Бугровская, НГ-Exlibris“. 2023-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 19-aprel.