Viktor Orlovskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Viktor Orlovskiy
Tavalludi 1974-yil 12-aprel
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya

Viktor Orlovskiy (1974-yil 12-aprel, Toshkent) – rossiyalik investor va tadbirkor. Fort Ross Ventures kompaniyasi asoschisi[1][2].

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hayotning boshlangʻich davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Viktor Orlovskiy 1974-yil 12-aprelda Toshkentda tugʻilgan. 1996-yilda Toshkent aloqa elektrotexnika institutini „Avtomatik elektr aloqasi“ mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. 2001- yilda esa Moskva davlat iqtisodiyot, statistika va informatika universitetini „Moliya va kredit“ mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Shuningdek uAngliyaning Uorvik universitetida MBA dasturi boʻyicha tahsil olgan[3].

Mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

U oʻz mehnat faoliyatini ABN AMRO Bankining Oʻzbekiston, Gollandiya va Rossiyadagi texnologiya boʻlimlarida boshlagan, u yerda bankning axborot texnologiyalari, korporativ, chakana va investitsiya biznesi sohasidagi transformatsiya dasturlariga rahbarlik qilgan[4].

2001-yildan 2004-yilgacha u Yevropaning eng ilgʻor banklaridan biri boʻlgan Alfa-Bankda[5] katta vitse-prezident va raqamli transformatsiya dasturi boʻlimi boshligʻi boʻlib ishlagan[6].

2006-yildan 2008-yilgacha u IBMning Rossiya/MDH davlatlaridagi filialida konsalting boʻlimida ishlagan.

2008-yildan 2015-yilgacha katta vitse-prezident va boshqaruv kengashi aʼzosi va IT bloki boshligʻi sifatida ishlagan. Dunyodagi eng yirik banklardan biri boʻlgan Sberbankning[5] texnologik transformatsiyalar dasturini boshqargan. Bu lavozimda 90 milliondan ortiq jismoniy va 5 million yuridik mijozlar uchun oʻttizdan ortiq yuqori texnologiyali raqamli biznesni oʻz ichiga olgan noyob raqamli ekotizimni yaratdi. Shuningdek, noyob raqamli texnologiya infratuzilmasini joriy etishga erishgan[7][8][9].

2015-yilda Viktor Kaliforniyaga koʻchib oʻtdi. AQSh va Isroildagi startaplarga sarmoya kiritishga ixtisoslashgan Fort Ross Ventures fondiga asos soldi[10].

2013-yilda IT olamining eng yaxshi yetakchilaridan biri sifatida tan olingan (Oracle mukofoti)[11].

U mualliflik qilgan „Ot nosoroga k edinorogu. Kak provesti kompaniyu cherez transformatsiyu v sifrovuyu epoxu i izbejat smertelnix lovushek“ kitobi PWC[12] tomonidan „Rossiyada 2020-yil kitobi“ mukofotiga sazovor boʻldi. Kitob ingliz va xitoy tillarida ham chiqdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Орловский Виктор Михайлович“. Коммерсантъ.
  2. „Fort Ross Ventures - Биография“. Fortross.vc. 2021-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Виктор Орловский - профиль в Forbes“. Forbes.ru. 2021-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „Виктор Орловский - Synergy.online“. synergy.online.
  5. 5,0 5,1 „Персоны: Виктор ОРЛОВСКИЙ - IKSMEDIA.RU“ (ru). IKSMEDIA.RU - деловой портал для бизнеса в телекоме, ИТ, медиа. Qaraldi: 2023-yil 25-oktyabr.
  6. „Виктор Орловский в Альфа-банке“. Alfabank.ru. 2021-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  7. „Виктор Орловский покинул ИТ-блок Сбербанка“. CNews. 2021-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  8. „Эмиссар Грефа: Как бывший менеджер Сбербанка ищет в Долине технологии для россиян“. Forbes. 2021-yil 27-fevralda asl nusxadan arxivlangan.
  9. „"Нам приходится быть достаточно агрессивными"“. Коммерсантъ. 2021-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan.
  10. „Ресурс Грефа. Бывший IT-директор Сбербанка Виктор Орловский покоряет Кремниевую долину“. Forbes. 2021-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  11. „CIO of the Year“. blogs.oracle.com. 2021-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-mart.
  12. „"От носорога к единорогу": вышла книга, которая поможет компаниям вписаться в тренды технологической революции“. Esquire.